c)Rivojlantiruvchi- o’quvchilarga Fransiya tarixini kengroq yoritib berish;
Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari
Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)
Fransiyada Birinchi imperiya.
1799-yilgi davlat to’ntarishidan so’ng Fransiyaning Birinchi konsuliga aylangan Napoleon Bonapart endi yakka hokimlikka intila boshladi. 1802-yilda u о’zining umrbod konsul deb e’lon qilinishiga erishdi. 1804-yilda esa u Senatdan o’zini «Fransuzlar imperatori Napoleon I» deb e’lon qilinishini talab etdi va unga erishdi. Shu tariqa, Fransiyada monarxiya qayta tiklandi. Biroq bu monarxiya (dvoryanlarga emas, yirik burjuaziyaga, qo’shin va davlat amaldoriariga tayanuvchi harbiy monarxiya edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |