1848-yil inqilobi.
1845-1847-yillarda Fransiyada qurg’oqchilik ro’y berdi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlarining, birinchi navbatda nonning narxi oshib ketdi. Bu ham yetmaganidek, 1847-yilda Yevropa davlatlari iqtisodiyotini inqiroz qamrab oldi. Bu esa ishlab chiqarishning keskin kamayishiga, pulning qadrsizlanishiga olib keldi.
Qisqa vaqt ichida Parij shahridagi barcha muhim joylar, muassasalar qo’zg’olonchilar qo’liga o’tdi. Shunday sharoitda Lui Filipp taxtdan voz kechishga va Angliyaga qochib ketishga majbur bo’ldi. Qo’zg’olonchilar qirol saroyini egallab, uning taxtini yoqib yubordilar.
Shu tariqa 1848-yil fevral inqilobi natijasida Iyul monarxiyasi quladi. 25-fevral kuni esa Fransiya Respublika deb e’lon qilindi. Fransiya parlamenti vaqtinchalik hukumat tuzdi. Yangi hukumat matbuot, namoyishlar o’tkazish erkinligini e’lon qildi. Shuningdek, 21 yoshga to’lgan barcha erkaklarga saylov huquqi berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |