Italiyaning birlashtirilishi.
1861-yilda birlashgan Italiya qirolligi tashkil etildi. Xo’sh, bu birlashish qay tariqa sodir bo’ldi? Kapitalizmni yanada rivojlantirish zarurati mamlakatning birlashuvini nihoyasiga yetkazishni taqozo etardi. Busiz Italiya Yevropada o’z o’rniga ega bo’lgan davlatga aylana olmas edi. Til va madaniyat birligi Italiyani yagona davlatga birlashtirishga yordam berdi. Italiyani birlashtirishdek tarixiy
vazifani ro’yobga chiqarish Sardiniya qirolligi zimmasiga tushdi. Uning bosh vaziri K. Kavur uzoqni kо’ra oluvchi siyosatchi edi. U mo’tadil islohotlar va konstitutsiyaviy monarxiya tarafdori edi.
K. Kavur Avstriya zulmiga qarshi kurashda Fransiya bilan shartnoma tuzishga erishdi. Avstriya qo’shini mag’lubiyatga uchratilib u bilan sulh tuzildi.
Biroq, Sitsiliya va Neapol qirolligi Italiya siyosiy tarqoqligining tayanchi bo’lib qolayotgan edi.
1860-yilda Italiyani biriashtirishning qizg’in tarafdori, xalq qahramoni Juzeppe Garibaldi o’z harbiy kuchi bilan Sitsiliya oroliga kelib tushdi. Xalq ommasi uni xaloskor sifatida kutib oldi. Sitsiliyaning asosiy shahii Palermo egallandi. Shundan so’ng J. Garibaldi qo’shini Neapolga yurish qildi. Neapol qo’shini tor-mor etildi va Neapol qirolligi tugatildi. J. Garibaldi Italiyani birlashtirish ishida yetakchilik qilayotgan Sardiniya qiroli Viktor Emmanuil II hokimiyatini tan oldi. 1861-yilda yagona Italiya qirolligi tuzilganligi e’lon qilindi.
Mamlakatda konstitutsiyaviy monarxiya qaror topdi hamda ikki palatali ( Senat va Deputatlar palatasi) parlament joriy etildi. Oradan bir necha yil o’tgach, Avstriya qo’l ostida qolgan Venetsiya viloyati ham,
1870-yilda esa Fransiya ta’sirida bo’lgan Rim shahii ham Italiya qirolligiga qo’shib olindi. Shu tariqa Italiyani yagona davlatga birlashtirish yakunlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |