Germaniyaning birlashuvi.
Germaniyada ham jamiyatning ilg’or qatlami milliy birlashuv uchun kurashayotgan edi.
Bu yerda ham butun mas’uliyatni Germaniyada mavjud 23 davlatdan biri o’z zimmasiga olishi zaruriyatga aylandi. Bunday sharaf Prussiyaga nasib etdi.
Prussiya bu davrda imperiyadagi eng 27-asr, Otto fon Bismark.
qudratli davlat edi. Qirollikda о’z davrining eng mashhur davlat arbobi Otto fon Bismark bosh vazirlik qilardi.
U 1864-yildan boshlab Germaniyani yagona davlatga birlashtirishdek tarixiy ishga rahbarlik qildi. 1866-yilda bosh vazir Otto fon Bismark rahbarligi ostida 22 nemis davlati Prussiya bilan «Shimoliy Germaniya Ittifoqi»ni tuzish haqida shailnoma imzoladilar. Germaniyani birlashtirish yo’lidagi asosiy tashqi to’siq Fransiya edi. Pmssiya unga qarshi urushga jiddiy tayyorgarlik kо’ra boshladi.
1870-1871-yillardagi Fransiya Prussiya urushida Fransiyaning mag’lubiyatga uchrashi Gennaniyani birlashtirish yo’lidagi so’nggi to’siqni ham olib tashladi. Shu tariqa Germaniyani yagona davlatga birlashtirish nihoyasiga yetkazildi.
Mo’tadil burjuaziya burjuaziyaning murosaga intiluvchi, muammolarni tinch yo’l bilan hal etishga, hukmron tabaqalar bilan kelishishga intiluvchi qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |