Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Samoderjaviye va krepostnoylikka qarshi kurash


Download 185.41 Kb.
bet145/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

Samoderjaviye va krepostnoylikka qarshi kurash.

1812-yilgi Fransiya-Rossiya urushida erishilgan g’alabadan keyin ham podsho Rossiyasida mavjud boshqaruv tartibi va krepostnoylik huquqi saqlanib qolaverdi. Mavjud holat podsho Rossiyasining ilg’or fikrli kishilarini qayg’uga soldi. Ular Vatanlarini Yevropaning yetakchi davlatlari qatorida ko’rishni istaganlar. Ular Vatanlaridagi mavjud tuzumni o’zgartirmay turib, o’z orzularining ro’yobga chiqmasligini ham yaxshi bilar edilar. Ular samoderjaviye va krepostnoylikka qarshi aniq dastur bilan kurash boshlaganlar. Bu kurash podsho Rossiyasi tarixiga «Dekabristlar harakati» nomi bilan kirgan. Dekabristlar dvoryanlarning farzandlari edilar. Dekabristlar mavjud tuzumni qurolli qo’zg’olon yordamida ag’darish rejasini tuzganlar. Ularning bir gumhi Rossiyada Respublika о’rnatish tarafdorlari bo’lgan bo’lsa, ikkinchisi, konstitutsiyaviy monarxiya о’rnatish tarafdori edi.

Dekabristlar 1821-1822-yillarda ikkita maxfiy jamiyat tuzdilar. Ulardan bin, «Janubiy jamiyat», ikkinchisi, «Shimoliy jamiyat» deb ataldi. Har ikki jamiyat ham Rossiya Konstitutsiyasining loyihasini yaratdilar. «Janubiy jamiyat»ning ko’zga ko’ringan arbobi Vatan urushi qatnashchisi, Borodino jangida kо’rsatgan jasorati uchun oltin dastali qilich bilan mukofotlangan Pavel Pestel (1793-1826) edi. U yaratgan konstitutsiya loyihasi «Rus haqiqati» deb ataldi.


Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling