Krepostnoylik huquqining yemirilishi.
1853-1856-yillardagi Rossiya-Turkiya urushida Rossiya mag’lubiyatga uchradi. Bu mag’lubiyat Rossiyaning iqtisodiy qoloqligi oqibati edi. Rossiyada krepostnoylik tuzumi allaqachon taraqqiyotning asosiy to’sig’iga aylangan edi. Shuningdek, bu mag’lubiyat krepostnoylik huquqi bekor qilinmas ekan, Rossiyada kapitalizm tez sur’atlar bilan taraqqiy etishi mumkin emasligini ham ko’rsatib berdi. Ayni paytda, mag’lubiyat inqilobiy harakatning о’sishiga ham turtki bo’ldi.
Mamlakatda vujudga kelgan kuchli norozilik to’lqinini bostirish maqsadida Rossiya podshosi Aleksandr II 1861-yilning 19-fevralida krepostnoylik huquqining bekor qilinishi to’g’risidagi qonunni imzoladi. Bu qishloqda tub islohot amalga oshirilishini anglatar edi. Qonunga kо’ra, krepostnoy dehqonlar shaxsan ozod bo’ldilar. Pomeshchik bundan buyon dehqonlarni sotib olishga, sotishga yoki boshqa birovga hadya qilishga haqqi yo’q edi. Dehqon endi pomeshchikning ruxsatisiz oila qurishga, mustaqil sur’atda shartnoma, savdo bitimlari tuzishga, ko’chmas mulk sotib olishga va uni meros qoldirish kabi huquqlarga ega bo’ldi.
Hukumat dehqonlarni ozod qilib yer berishga majbur bo’ldi. Shunday qilinmasa xalq yalpi g’azabga kelishi mumkin edi. Bundan tashqari, dehqonlarning asosiy soliq to’lovchilarbo’lib qolishihamhisobga olindi. Dehqonlarga berilgan yer chek yerlar deb ataldi. Hukumat pomeshchikning manfaatini ham hisobga oldi. Chunonchi, dehqonlarga beriladigan chek yerlarning miqdori pomeshchik bilan dehqon o’rtasidagi o’zaro kelishuv asosida belgilanar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |