Fuqarolar urushining natijalari.
Urushda shimolning erishgan g’alabasi katta tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. G’alaba mamlakat yaxlitligini saqlab qoldi. Qulchilik bekor qilindi va gomstedlar to’g’risida qonun qabul qilindi. AQSHda g’arbiy yerlardagi qishloq xo’jaligida kapitalizm rivojlanishi uchun imkoniyat ochildi. G’alaba g’arbiy yerlarning qulchilik tarafdorlari tomonidan bosib olinishi xavfiga barham berdi. Janubda ham fermer xo’jaligi rivojlanishi uchun keng
yo’l ochildi. Tarixiy g’alaba sanoat to’ntarishini tezroq tugallash va Amerika sanoatining o’sishi uchun sharoit yaratdi.
Abolitsionistlar (inglizcha bekor qilish) Amerikada qullikni bekor qilish tarafdorlari.
Gomstedlar to’g’risidagi qonun G’arbdagi bo’sh yotgan katta yer jamg’armasini fermer xo’jaligi yuritishni istagan shaxslarga bepul bo’lib berish to’g’risidagi qonun.
Do'stlaringiz bilan baham: |