Hindistonda ziyoliylar qatlamining shakllanishi.
Buyuk Britaniya hukumati 1857-1859-yillardagi qo’zg’olondan zarar xulosalar chiqardi. Endi hukumat mahalliy aholiga qator imtiyozlar joriy etish yo’liga о’tdi. Chunonchi, hindlarning ilm olishlariga yo’l ochdi. Maktablar, kollejlar va boshqa о’quv yurtlari ochila boshlandi. Hindlar Yevropa davlatlari universitetlarida ham ilm olish imkoniga ega bo’ldilar. Shu tariqa hind ziyolisi qatlami shakllana bordi. Yevropacha ma’lumotga ega bo’lgan hindlar davlat xizmatiga qabul qilina boshlandi. Ular orqali ingliz tilining tarqalishi yanada kengaya bordi. To’g’ri, dastlabki yillarda ingliz tilini biluvchi hindlar juda ozchilikni tashkil etgan. Biroq shu ozchilik ham hind jamiyatiga erkinlik va demokratiya g’oyalarining kirib kela boshlashiga asos solgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |