Birinchi afyun urushi.
Buyuk Britaniya savdogarlari Hindistondan g’ayri qonuniy ravishda Xitoyga afyun kirita boshladilar. Mahalliy Xitoy ma’murlari afyun ortilgan karvonlarni musodara qilganiga javoban Britaniya hukumati afyunni va britan tovarlarini olib kirishni qonunlashtirish uchun 1840-yilda Xitoyga qarshi urush boshladi. Urush tarixga «birinchi afyun urushi» nomi bilan kirgan. Bu urush 1842-yilgacha davom etdi. Buyuk Britaniya floti va qo’shini Sin qo’shinini tor-mor keltirdi. Xitoyning iqtisodiy va harbiy texnika jihatdan qoloqligi mag’lubiyatga sabab bo’ldi. Yomon qurollangan Xitoy qo’shini Buyuk Britaniyaning eng yangi qudratli о’t ochish qurollar bilan ta’minlangan qo’shini hujumini qaytara olmagani oqibatida Buyuk Britaniya Gonkong orolini bosib oldi va Xitoyni chet el savdogarlari uchun bir nechta portlarni ochib qo’yish haqidagi shartnomani imzolashga majbur etdi. Lekin Xitoy afyun olib kirilishining qonuniy ekanligini tan olmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |