Iqtisodiy taraqqiyotning yangi xususiyatlari.
Meydzi islohotlari mamlakatda feodal tarqoqlikka chek qo’ydi. Natijada yagona yapon ichki bozori vujudga keldi. Mamlakatda yagona pul birligi iyen joriy etildi. Hukumat ishlab chiqarishni industrlashtirish masalasiga chet davlatlarning Yaponiya ichki ishlariga aralashuvi xavfidan himoya qiluvchi asosiy omil deb qaradi. Shuning uchun ham davlat sanoat korxonalari qurilishlariga homiylik qildi. Asosiy sanoat korxonalari davlat mablag’i hisobiga qurildi, keyinchalik ular imtiyozli asoslarda turli (irmalarga sotildi yoki ijaraga berildi. Davlat tadbirkorlikni har tomonlama rag’batlantirdi va qo’llab-quvvatladi. Meydzi islohotlari tarixga «Meydzi inqilobi» nomi bilan kirgan.
Modernizatsiya zamonaviylashtirish.
Eksterritorial liuquq chet el fuqarolari shaxsining va uyjoyi, mol-mulki daxlsizligi hamda mahalliy davlat sudining ularni sud qila olmasligi .
Do'stlaringiz bilan baham: |