Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Download 185.41 Kb.
bet180/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

«Sharq masalasi».

18-asr oxiriga kelib Yevropaning buyuk davlatlari Turkiya imperiyasining zaiflashib qolganligidan foydalanib, uning mustamlaka hududlariga ko’z olaytirishni kuchaytirdilar. Bu hududlar geografik va siyosiy jihatdan katta ahamiyatga ega, tabiiy boyliklarga, xomashyolarga boy о’lkalar edi.

Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstriya va Rossiya hukmron tabaqalarining har biri bu о’lkalardan mumkin qadar kо’proq о’ljani qo’lga kiritishga intildilar. Buyuk davlatlarning Turkiya imperiyasiga qaram о’lkalarga ega bo’lib olish uchun olib borgan о’zaro kurashlari tarixga «Sharq masalasi» degan nom bilan kirgan.

Usmonli turklar imperiyasining parchalanib ketishi birdan-bir adolatli tarixiy hodisa bo’lgan bo’lardi. Biroq, birinchi navbatda, Buyuk Britaniya va Fransiya bu imperiyani saqlab qolishga ham harakat qilganlar. Ular bir tomondan, imperiya xalqlarining milliy-ozodlik harakatini bostirishda sulton hukumatiga yordam kо’rsatgan bo’lsalar, ikkinchi tomondan, imperiyani o’z ta’sirlarida tutishga uringanlar.

Rossiya esa Usmonli turklar imperiyasiga qaram bo’lgan Bolqon yarim orolida mustahkam о’mashib olishga va Qora dengizning Bosfor va Dardanell bo’g’ozlarini, shuningdek, Istambul shahrini qo’lga kiritishga intilgan.

Avstriya Gabsburglari esa Bolqonning Rossiya ta’sirida qolishiga aslo toqat qila olmas edi. Aksincha, uning o’zi ham Bolqonda mustahkam mavqega ega bo’lib olishga intilgan. Bu davlatlar Turkiyada о’rta asr feodal jamiyatining saqlanib qolishidan manfaatdor edilar. Chunki shunday bo’lsagina imperiya iqtisodiy tanazzul holatida qola berardi. Bu esa ularga Turkiyaga о’zlarining bosqinchilikdan iborat rejalarini о’tkazishlarini ta’minlar edi.




Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling