Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Download 185.41 Kb.
bet181/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

Sharq masalasining keskinlashuvi.

1827-yilda Londonda Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya о’rtasida Gretsiyaga muxtoriyat huquqi berilishini kо’zda tutuvchi bitim imzolandi. 1828-yilda Rossiya Turkiyagaurush e’lon qildi. Urushda Turkiya armiyasi tor-mor keltirildi. Bu urush 1829-yilda Adrionopol tinchlik shartnomasi imzolanishi bilan tugallandi. Shartnomaga ko’ra, Qora dengizning sharqiy qismi Rossiyaga berildi.Fransiya esa 1830-yilda Jazoirni bosib oldi.Sulton hukumatining bunday ketma-ket muvaffaqiyatsizligi Misr hukmdori Muhammad Alining bosh kо’tarishiga sabab bo’ldi.U 1832-yilda sulton qo’shinini tor-mor etgach, Istambul shahriga yo’l ochildi. Sultonni halokatdan Rossiya saqlab qoldi. Oxirgi maqsadi birinchidan, Qora dengiz bo’g’ozlarini qo’lga kiritish bo’lgan Rossiya uchun kuchli Muhammad Alidan kuchsiz sulton hokimiyati ma’qul edi. Ikkinchidan, Muhammad Alining g’alabasi uni qo’llab-quvvatlayotgan Fransiyaning ham g’alabasiga teng edi. Bunga yo’l qo’yishni istamagan Rossiya Turkiya sultoniga o’z yordamini taklif qildi.1833-yilda Rossiya floti Bosfor bo’g’oziga kirdi. Oqibatda Muhammad Ali o’z qo’shinini Misrga qaytarib olib ketdi. Isyonning bostirilishida ko’rsatgan yordami uchun Rossiya Turkiya bilan ittifoqchilik shartnomasi tuzishga muvaffaq bo’ldi. Bu Rossiyaning katta yutug’i edi.

Buyuk Britaniya va Fransiya tabiiyki, bunga toqat qila olmas edi. Endi ular Muhammad Alini qo’llab-quvvatlay boshladilar. Muhammad Ali 1839-yilda sultondan o’z qo’l ostidagi hududlarni boshqarish huquqini meros qoldirishga ruxsat berilishini talab etdi. Bu talab yangi urush boshlanishiga bahona bo’ldi. Urushda sulton qo’shini tor-mor etildi. Bundan buyuk davlatlar Turkiya Misr munosabatlariga aralashish uchun foydalandilar.

1840-yilda ular Usmonli turklar imperiyasining «hududiy yaxlitligi va mustaqilligini» ta’minlash ustidan nazorat o’rnatish to’g’risida bitim imzoladilar. Natijada Muhammad Ali chekinishga va yon berishga majbur bo’ldi. Ayni paytda u Misr va Sudanni boshqarishni meros qoldirish huquqini qo’lga kiritdi.  




Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling