Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Imperiyaning yarim mustamlakaga aylanishi


Download 185.41 Kb.
bet182/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

Imperiyaning yarim mustamlakaga aylanishi.

Buyuk davlatlar Turkiya ichki ishlariga aralashishni tobora kuchaytirdilar. Rossiyaning Turkiyaga qaram o’lkalarda mustahkamlanib olishga urinishlari 1853-yilda Sharq urushini keltirib chiqardi. Bu urush Rossiya tarixiga Qrim urushi nomi bilan kirgan. Rossiya podshosi Nikolay I sultondan Rossiyani Turkiya imperiyasiga qaram o’lkalarda yashovchi barcha pravoslav xalqlarining homiysi ekanligini tan olishini talab etdi. Buyuk Britaniya va Fransiya sultonni bu talabni rad etishga undadilar. Oqibatda Rossiya Turkiya urushi boshlandi.

Urushda Buyuk Britaniya, Fransiya va Turkiya uchlik ittifoqi g’alaba qozondi. Biroq bu g’alaba Turkiyaning Buyuk Britaniya va Fransiyaga qaramligini yanada kuchaytirdi. Urush natijasida imzolangan Parij Tinchlik shartnomasi Turkiya ustidan amalda G’arb davlatlarining «homiyligi»ni ta’minladi. Chet elliklarga Turkiyada yer va boshqa kо’chmas mulklar sotib olishga ruxsat etdi. Chet davlatlarga berilgan konsessiyalar kafolatlandi. Shu tariqa Turkiyaning yarim mustamlakaga aylanishiga yo’l ochildi. G’arbiy Yevropada sanoat to’ntarishi tugallanayotgan bir davrda Turkiyada hamon о’rta asr feodal tartiblari hukmronligicha qolaverdi.


Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling