11-mavzu. To‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi. Reja
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
11 Мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mablag‘lar iqtisodi
147 11-MAVZU.TO‘LDIRUVCHILARNI ISHLAB CHIQARISH VA QO‘LLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI. Reja: 1.Mablag‘lar iqtisodi 2.Tabiiy qum, shag‘al, chaqiq tosh 3.G‘ovakli to‘ldiruvchilar 4.G‘ovakli to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda sanoat chiqindilardan foydalanish 5.To‘ldiruvchilarni fraksiyalash va boyitish Muhandis har qanday texnikaga oid masalalarni yechmasin, u yoki boshqa yechim iqtisodiy samaradorlik bilan belgilanadi. Shu sababli texnik hisob ishlari bilan birgalikda iqtisodiy taxlil bajariladi. Yechim taxlili , ishlab chiqarishdagi konkret sharoitni hisobga olishni va pul vositalarini tejash optimallik kriteriyasi bilan birgalikda mehnat unumdorligini oshirish hamda tashish hajmini qisqartirishni nazarda tutadi. Mablag‘lar iqtisodi – to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarishda va beton uchun qo‘llashda juda muhim talab hisoblanadi. To‘ldiruvchilar beton va temir-beton konstruksiyalarning 30….50 % narhini, 80- 85% hajmini tashkil qiladi. Kapital va umuman qurilishdagi asosiy masala, bu to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashni takomillashtirish, sifatini yaxshilash hamda to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologiyasida ilmiy-texnik yutuqlarni qo‘llashdir. Beton qorishmaning eng qimmat qismi sement emas, balki to‘ldiruvchilar – oddiy tabiiy qum, shag‘al, chaqiq toshdir. Birinchidan, beton uchun to‘ldiruvchilar sementga nisbatan ko‘p sarflanadi. Oxirgi yillarda beton mustahkamligiga talablar oshmoqda, lekin 1m 3 betonga sement sarfi o‘rtacha kamaymoqda, to‘ldiruvchilar sarfi esa oshmoqda. Buni, yig‘ma temir-beton ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashishi natijasida buyumlarni bikir beton qorishmasidan qoliplash, sement faolligi oshishi va boshqa omillar bilan tushintirish mumkin. Ikkinchidan, to‘ldiruvchilar tannarxi xanuz yuqori bo‘dib qolmoqda. Sement tannarxini kamaytirishga sanoatda erishilgan bo‘lsada, to‘ldiruvchilar tannarxini kamaytirish uchun katta zahiralar ishlatilmagan. Bu muammoni xal qilish uchun, birinchi navbatda to‘ldiruvchilar sifatida sanoat chiqindilari va ikkilamchi resurslardan keng foydalanishdir. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling