11-mavzu. To‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi. Reja
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
11 Мавзу
G‘ovakli to‘ldiruvchilar
Yengil g‘ovakli to‘ldiruvchilar, joyida qazib olinadigan (tabiiy) yoki maxalliy xomashyodan sun’iy olinadigan, olib kelinadigan og‘ir to‘ldiruvchilardan arzon bo‘lishi mumkin. Ularni qo‘llash iqtisodiy samaralidir. G‘ovakli to‘ldiruvchilar asosidagi yengil betonlar tashqi devorlar qurish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ularning iqtisodiy samaradorligini issiqlikdan ximoya xossalarini hisobga olgan xolda 1 m 2 devor narhidan kelib chiqib hisoblanadi. Qoida bo‘yicha, to‘ldiruvchi qanchalik yengil bo‘lsa, yengil beton issiqlik o‘tkazuvchanligi kam bo‘ladi va devor qalinligi kichik va arzon bo‘ladi. Yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning konstruksion betonlarida g‘ovakli to‘ldiruvchilarni ishlatish samaradorligi hisoblashda quyidagi omillar hisobga olinadi. Konstruksiyalarning massasini kamayishi quyidagi iqtisodiy samara beradi: - transport xarajjatlarini kamayadi; - yig‘ma konstruksiyalar montaji uchun sarflar kamayadi; - yig‘ma elementlarning yiriklashuvi; - pastki konstruksiyalarga tushadigan yuklamalar kamayadi; - egiluvchan konstruksiyalarda, yuk ko‘taruvchi qobiliyatini saqlagan xolda armatura po‘lat sarfi kamayadi va b. Beton zichligini 10% ga kamayishi konstruksiyalar narhini taxminan 3% ga pasayishiga olib keladi. Yuqori mustahkam yengil betonlar zichligi 1700...1800 kg/m 3 , ular oddiy og‘ir betonga nisbatan 25...30% ga yengil. Yengil betonlar uchun ishlatiladigan keramzitning mustahkamligini ko‘pchish koeffitsientini kamaytirib erishish mumkin, biroq bunda uning tannarxi o‘zgaradi. To‘kma zichligi 400 kg/m 3 bo‘lgan 1 m 3 keramzit shag‘alini tannarxini 100% qilib qabul qilsak, to‘kma zichligi 300 kg/m 3 bo‘lganda tannarxi taxminan 20% ga kamayadi, 500 kg/m 3 da 20% ga oshadi, 600 kg/m 3 da 40% ga, 700 kg/m 3 da tannarxi 2 marotabaga oshadi. Keramzit qanchalik og‘ir bo‘lsa tannarxi shunchalik oshadi. Buni quyidagicha izohlash mumkin: ishlab chiqarishdagi bir hil sarflarda, ko‘pchish koeffitsienti qanchalik kam bo‘lsa olinadigan mahsulot hajmi ham shunchalik kam bo‘ladi, demak olinadigan mahsulot hajmi kamayishi, uning tannarhini oshishiga olib keladi. Ko‘pchish yo‘li bilan olinadigan keramzit va boshqa g‘ovakli to‘ldiruvchilarning ko‘pchish koeffitsientini oshirish maqsadida, ularni boyitishga, xomashyoga qo‘shimcha ishlov berishga va boshqa texnologik usullarga ketadigan sarflar o‘zini oqlaydi. 150 Sun’iy g‘ovakli to‘ldiruvchilar tannarxini, ularni ishlab chiqaradigan korxonalar quvvatini oshirib kamaytirish mumkin. Shuning uchun, yengil g‘ovakli to‘ldiruvchilar (shlakli pemza, agloporit va b.) ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun sanoat chiqindilardan keng foydalanish zarur. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling