11-mavzu. To‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi. Reja


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/49
Sana21.04.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1371236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
11 Мавзу

Tabiiy qum, shag‘al, chaqiq tosh 
Tabiiy qum, shag‘al, chaqiq tosh ishlab chiqarishda yirik korxonalarni 
qurilishi xozirgi vaqtda o‘zini oqlamaydi. O‘zbekistonda oxirgi yillarda beton 
to‘ldiruvchilari ishlab chiqarish sanoati tez sur’atlarda rivojlanmoqda va bunda 


148 
tashkil etilayotgan to‘ldiruvchilarni maydalash-sortirovkalash korxonalarini 
mobil tez yig‘ib ishga tushirish mumkin bo‘lgan ko‘chma komplekslarni 
loyihalash va qurishga katta e’tibor berilmoqda. Bunday komplekslar 
to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish uchun etarli xomashyo mavjud bo‘lgan joylarda 
qurish tavsiya etiladi. Bugungi kunda statsionar (bir joyga muqim o‘rnatilgan) 
to‘ldiruvchilarni maydalash-sortirovkalash korxonalarini qurish unchalik samara 
bermayotir. Bu komplekslarni qurishga katta mablag‘ sarflanadi. Xomashyolar 
zahirasi tugagandan so‘ng bu korxonalar ishdan to‘xtab qolmoqda. SHuning 
uchun ko‘chma komplekslarni loyihalash va qurish masalasi o‘ta dolzarbdir. 
Xomashyolar qayta ishlanib bo‘lgandan so‘ng ko‘chma komplekslar bo‘laklarga 
ajratilib boshqa xomashyo etarli bo‘lgan joyga qisqa vaqtda ko‘chirib- o‘rnatish 
(yig‘ish) mumkin. Ularni avariyalardan saqlash uchun metallajratgichlar va 
metalldektorlar bilan ta’minlangan. Misol tariqasida “Qamchiq” devonida 
qurilgan ko‘chma  maydalash-sortirovkalash kichik sexlarni misol keltirish 
mumkin. 
Qum va shag‘al qazib olish va qayta ishlashda karerlarda 
gidromexanizatsiya usulidan keng foydalanish to‘ldiruvchilar tannarxini 
kamaytirishda muhim ahamiyatga ega, bu usulda, quruq usulga nisbatan, mehnat 
unumdorligi 3-5 marotaba oshadi. Bunda maxsulot tannarxi esa 2 va undan ko‘p 
marta kamayadi.
To‘ldiruvchilar konlaridan chiqindilar chiqarmay kompleks foydalanish. 
Misol uchun, qum-shag‘al aralashmani qazib olishda beton uchun qum va 
shag‘aldan tashqari yo‘l-yo‘lakay suvoq qorishmalari uchun mayda qum, yo‘l 
qurilishi uchun balast, tosh va shu kabilar olish mumkin. Yirik shag‘alni 
maydalab olinadigan chaqiq tosh, qoida bo‘yicha tosh jinslaridan olinadigandan 
arzondir. 
Chaqiq tosh ishlab chiqarish korxonalarida mayda fraksiya ko‘pincha 
ishlatilmay chiqindixonalarga tashlab yuboriladi. Bu chiqindilardan yaxshi mayda 
to‘ldiruvchilar – maydalangan qum va tosh unini olish mumkin. Tosh uni qimmat 
maxsulot, undan asfaltobeton va bitum masikalar ishlab chiqarishda to‘ldiruvchi 
sifatida ishlatish mumkin. CHiqindilardan to‘la foydalanish to‘ldiruvchilarning 
tannarxini kamaytirishga olib keladi. 
To‘ldiruvchilarni tashish masofasini kamaytirish transport xarajjatlarini kamaytiradi. 
Bu muammoni echish uchun maydalash-sortirovkalash korxonalarini karerlar 
oldida qurish, qurilish ob’ektiga yaqin joyda qum va chaqiq tosh maydalash-
sortirovkalash ko‘chma sexlarini qurish katta ahamiyatgav ega. 


149 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling