11-mavzu. To‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi. Reja


G‘ovakli to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/49
Sana21.04.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1371236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
11 Мавзу

G‘ovakli to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda 
sanoat chiqindilardan foydalanish 
Turli sanoat chiqindilardan to‘ldiruvchi sifatida maksimal darajada foydalanish 
darslikning 6 –bobida asoslangan. 
Sanoat chiqindilardan foydalanish samaradorligi quyidagilar bilan belgilanadi: 
- sanoat chiqindilarni saqlash uchun katta maydon talab etiladi, ularni saqlash 
va bartaraf etish uchun katta mablag‘lar sarflanadi; 
- sanoat chiqindilari atrof muhitga katta zarar etkazadi
- to‘ldiruvchlar olish uchun tabiiy resurslar zahirasi chegaralangan; 
- sanoat chiqindilari tabiiy xomashyodan arzon; 
- ko‘pincha sanoat chiqindilarni ishlov bermasdan yoki kam ishlov berib 
qo‘llash mumkin; 

sanoat chiqindilari asosida sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish 
iqtisodiy samaralidir. 
Barcha sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchilar ichida shlakli pemza eng arzonidir, uning 
tannarhi keramzitga nisbatan, 5 barobar kamdir. SHlakli pemza ishlab chiqarishda 
xomashyo sifatida domna shlaki ishlatiladi. 
Gilli jinslardan olinadigan agloporit uchun xomashyoni qazib olish va tashishdagi 
sarf-xarajatlar mahsulot tannarxining 20% ni tashkil etadi. Qo‘llanadigan ko‘mir 
ham taxminan shunchani tashkil qiladi. SHu sababli agloporit ishlab chiqarishda 
xomashyo sifatida yoqilg‘i tarkibli sanoat chiqindilari (ko‘mir qazib olish va 
boyitish, issiqlik elektrostansiya kullari) dan foydalanish to‘ldiruvchi tannarxini 
pasaytiradi va agloporit ishlab chiqarish va ishlatishda texnik-iqtisodiy 
samaradorlikni oshiradi. 
To‘ldiruvchilarni fraksiyalash va boyitish 
To‘ldiruvchilarni fraksiyalash va boyitish quyidagi texnologik jarayonlarni o‘z 
ichiga oladi: 
- yuvish; 
- zarraviy tarkibi bo‘yicha klassifikatsiyalash; 
- zichligi bo‘yicha klassifikatsiyalash; 
- mustahkamligi bo‘yicha klassifikatsiyalash. 
Bu jarayonlar to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarishda qo‘shimcha sarflarga olib 
keladi, biroq ular sement sarfini kamaytiradi, beton birjinsligini va 
mustahkamligini oshiradi.


151 
Yuvilgan qum nafaqat beton sifatini oshiradi, balki sement sarfini kamaytiradi, 
chunki changsimon va gilli zararli qo‘shimchalar beton sifatini kamaytiradi va 
betonni talabdagi mustahkamligini olish uchun sement sarfini oshirishni talab 
etadi. 
Beton uchun sifatsiz to‘ldiruvchi ishlatilganda sement sarfi oshadi. Misol 
uchun beton qorishmasining kerakli yoyiluvchanligi va mustaxkamligi bo‘yicha 
betonni talabdagi markasini olish uchun qum-shag‘al aralashmalari ishlatilganda 
sement sarfi 100 kg

m
3
oshadi. 
Yana bir misol keltiramiz, sun’iy g‘ovakli to‘ldiruvchi to‘kma zichligi 
400...600 kg/m
3
. Seperator yordamida ularni yengil (400...500 kg/m
3
) va zichliroq 
(500...600 kg/m
3
) ga ajratilsa, birinchisini tashqi devorlar uchun, ikkinchisini 
orayopmalar uchun ishlatilsa, devor qalinligini 5 sm ga kamaytirish, orayopmaning 
1m
3
betonida 100 kg ga yaqin sementni tejash mumkin bo‘ladi.
To‘ldiruvchilarning sifatini yaxshilash va turli vazifani bajaruvchi betonlarda 
ratsional qo‘llash, beton va temir-beton konstruksiyalar tannarxini pasayashini va 
sifatini oshirishni ta’minlaydi. 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling