Rossiya podshosi Ivan IV.
1547-yilda Rossiya tarixida о’ziga xos voqea yuz berdi.Rossiyada ichki nizolar, boshboshdoqliklar kuchayib ketgan bir davrda Rus pravoslav cherkovining boshlig’i mitropolit Makariy vafot etgan Buyuk knyaz Vasiliy III ning о’g’li Ivan IV ga Rossiya tarixida birinchi bor podsholik tojini kiydirdi.Bu voqea juda katta xalqaro ahamiyatga ega bo’ldi. Chunki Rusda uzoq yillar davomida faqat Oltin О’rda xonlari podsho deb atalib kelingan. Rus davlati hukmdorlari esa bu davrgacha Buyuk knyaz deb atalib kelingan.Ivan IV ga podsholik unvonining berilishi uni G’arbiy Yevropa davlatlari qirollari bilan bir qatorga qo’ydi.Yosh podsho Ivan IV о’z huzurida «Saylanma rada» deb ataluvchi maslahat kengashini tuzdi.Ivan IV ichki siyosatining vazifasi dvoryanlar tabaqasini kuchaytirish oqrali boyarlar mavqeini zaiflashtirishdan iborat edi.Shu maqsadda 1549-yilda Ivan IV feodallar turli qatlamlari vakillarining birinchi yig’ilishini Zemstvo soborini chaqirdi.Keyinchalik bu sobor ishida shaharlarning savdogar (posad kishilar), shuningdek, davlatga qaram dehqonlardan (chernosot) ham saylangan vakillar qatnashadigan bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |