Fransiyada protestantlikning tarqalishi.
Fransiya qirolligida har ikki cherkov ham faoliyat ko’rsata boshladi.16-asr boshlarida M. Lyuter ta’limotiga mos g’oya tarqaldi.Mamlakatda «Injil»ning fransuzcha tarjimalari paydo bo’ldi.Ibodatxonalarda duolar ona tilida о’qila boshlandi. Shu tariqa, vaqtlar o’tishi bilan Fransiya ikki dushman lagerga katoliklar va protestantlar lageriga bo’linib qoldi. Fransiyada protestantlar gugenotlar deb atalgan.
Diniy urushning yuz berishi.Katolik cherkovi protestantlikning tarqalishini dushmanlik bilan qarshi oldi.1562-yilda qirolning qarindoshi, katoliklar rahnamosi gersog Gizо’zining kо’p sonli qo’riqchilari bilan Vassida protestant gimnini ijro etayotgan protestantlarga hujum qildi.Oqibatda 20 dan ortiq protestant о’ldirildi, 100 dan ortig’i esa yarador qilindi.Bu voqea Fransiyada 36 yil davom etgan diniy urushning boshlanishiga turtki bo’ldi.Bu diniy urush mamlakat boshiga katta kulfat keltirdi.Mamlakatda yovuzlik, jaholat kuchaydi.Gugenotlarga juda katta talofat yetkazildi.Shunday bo’lsa-da, gugenotlar qirolni yon berishga majbur etdilar.Urushning oldini olish uchun qirol Karl IX gugenotlar yetakchisi Genrix Burbonga o’z singlisi Margaritani turmushgaberishga qaror qildi.To’y marosimi 1572-yilning avgustiga belgilandi.Biroq katolik mutaassiblari shu voqeadan foydalanib, gugenotlarning barcha rahbarlarini qirib tashlashni zimdan rejalashtirdilar.
24-avgust kechasi gugenotlar qirg’ini uyushtirildi.3 kunlik qotillik davomida 30 mingga yaqin kishi qurbon bo’ldi.Bu voqea Fransiya tarixiga «Varfolomey kechasi» nomi bilan kirdi.Shu voqealardan keyin Fransiyada protestantlik taqiqlandi. Rim Papasi bu xabarni quvonch bilan kutib oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |