Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish. D)


Download 185.41 Kb.
bet29/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)

Fransiya mutlaq monarxiyasining o’ziga xos xususiyatlari.

16-18-asriarda Fransiyada mavjud bo’lgan siyosiy hokimiyatning mazmuni quyidagi iborada o’z ifodasini topgan edi: «Xudoning irodasi shuki, har qanday qaram bo’lib tug’ilgan о’ylab о’tirmasdan bo’ysunmog’i lozim». Fransiyada mutlaq monarxiya qaror topishi bilan General shtatlar o’zining avvalgi

ahamiyatini yo’qotdi.

Qirollarning o’ziga qolsa, vakillik organlarini butunlay yo’q qilardilar.Biroq buning iloji yo’qligi uchun ularning mamlakat siyosiy hayotiga ta’sirini kamaytirishga urinar edilar.Bunga erishganlar ham. Angliya parlamentidan farqli o’laroq, Fansiyada General shtatlar doimiy faoliyat ko’rsatuvchi davlat organiga aylana olmadi. Keyinchalik u juda kamdan kam holatlarda, faqat kuchli zarurat tug’ilganidagina chaqiriladigan bo’ldi.

1614-yildan boshlab butun 17-asr davomida esa biror marta ham chaqirilmadi. Bu hodisa Fransiyada qirol hokimiyati Angliya qiroli hokimiyatidan ham kuchliroq bo’lganligini ko’rsatar edi.Qirol ayni paytda hukumat boshlig’i ham edi.Uning huzurida hukumat kengashi tashkil etilgan.Kengash a’zolari qirol tomonidan tayinlangan. Ichki va tashqi siyosatga doir barcha masalalarni shaxsan o’zi hal etgan. Shu tariqa butun mamlakatda qirolning shaxsiy hukmronligi o’rnatilgan.Shunday bo’lsa-da, parlament butunlay tugatilmagan.Fransiya viloyatlarida ham parlament mavjud edi.Mamlakat fuqarolariga bu parlamentlarga viloyatlar sudlari ustidan shikoyat qilish huquqi berilgan.Ayniqsa, Parij parlamenti katta ta’sirga ega bo’lgan.Uning vakolati mamlakat hududining 1/3 qismida amal qilgan.Parij parlamenti taxt vorisi yosh bo’lsa, regent tayinlash huquqiga ham ega bo’lgan.

Qirol saroyi hayotining asosiy mazmunini qirol shaxsini ilohiy deb hisoblovchi tushuncha tashkil etgan. Fransiya qiroli Lyudovik 14 bekorga «Davlat bu men!» demagan edi. Qirol qarorgohidagi bog’larga о’rnatilgan haykallar ham uning buyukligini eslatib turishi lozim bo’lgan.Hatto Yupiter haykali Lyudovik XIV ning yuziga о’xshatib ishlangan.




Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling