Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Download 185.41 Kb.
bet48/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

Galileo Galiley.

G. Galiley ham italiyalik (1564-1642) buyuk astronom edi. U osmon jismlarini kuzatuvchi asbob teleskopni yaratdi va shu teleskop bilan osmonni kuzatgan Yevropaning birinchi olimi edi. Uning tadqiqot ishlari Kopernikning ta’limotini tasdiqladi. G. Galiley bundan tashqari Oyda ham Yerdagi kabi tog’lar borligini va hatto Quyoshda dog’lar mavjudligini qayd etdi.

G. Galiley о’z qarashlarini «Yulduzlar axboroti» kitobida bayon etdi. Cherkov bu kitobni taqiqlangan adabiyotlar ro’yxatiga kiritdi. Inkvizitsiya esa uning kashfiyotlarini qoraladi.

Keksa, kasalmand Galiley besh oy davomida tergov qilindi. Tergov uning tinka-madorini quritdi. Manbalarda bunday deb yozilgan edi: «Bu xo’rliklar olimning buyuk g’oyalaridan voz kechishi va uqubatlardan yengilgan odarning azoblanishiga olib keldi». Oxir-oqibatda, inkvizitsiya uni о’z g’oyalaridan voz kechishga majbur etdi.




Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling