Respublikaning tashkil etilishi.
1649-yilda parlament qirollik hokimiyatini «keraksiz, xalq farovonligi uchun zararli va xavfli» bo’lganligi uchun bekor qildi. Lordlar palatasi ham tarqatib yuborildi. 19-may kuni esa Angliya Respublika deb e’lon qilindi. Barcha hokimiyat to’laligicha o’zini «ingliz ozodligining asrovchisi» deb hisoblovchi bir palatali parlament qo’liga о’tdi. Ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshinivchi Kengash tuzildi. Oliver Kromvel bu Kengash rahbari etib tayinlandi. Kromvel Angliya hududini kengaytirish siyosatini yuritdi. Chunonchi, 1649-yilda Irlandiyani, biroz fursatdan so’ng Shotlandiyani bosib oldi. Ularning mustaqilligi tugatildi. Bu xizmatlari uchun parlament uni sovg’alarga ko’rnib tashladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |