Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi
Sanoat to’ntarishi uchun shart-sharoitning yetilishi
Download 185.41 Kb.
|
8-sinf jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sanoat to’ntarishining yuz berishi.
Sanoat to’ntarishi uchun shart-sharoitning yetilishi.
Sanoat to’ntarishi deyilganda, qo’l mehnatiga asoslangan manufaktura ishlab chiqarishdan mashinalar keng qo’llaniladigan fabrika ishlab chiqarishiga o’tish tushuniladi. 18-asrda Buyuk Britaniyada shunday to’ntarish yuz berishi uchun barcha shart-sharoitlar mavjud edi. Birinchidan, agrar islohot ortiqcha ishchi kuchini vujudga keltirdi. О’z navbatida, ortiqcha ishchi kuchi sanoatda yollanib ishlashga tayyor edi.
Sanoat to’ntarishi dastlab to’qimachilik sohasida yuz berdi. Bunga sex ishlab chiqarishning barham topganligi va sifatli matolarga talabning tobora ortib borishi sabab bo’ldi. Bu talabni faqat mashinalar yordamidagina qondirish mumkin edi. 1733-yilda mexanik va to’quvchi Jon Keyning to’quv dastgohi ixtiro qilishi bu talabning birinchi aks sadosi bo’ldi. Ungacha to’quvchi g’altak iplari orasidan о’rmakni о’zi о’tkazib turishga majbur bo’lgan bo’lsa, endi bu ish oyoq qurilmasini bosib turish orqali bajariladigan bo’ldi. Ixtiro mehnat unumdorligini ikki marta orttirishga imkon berdi. Jamiyatda endi yigirilgan ip tanqisligi ham yuzaga keldi. Bu muammoni 1765-yilda Jeyms Xargrivs hal etdi. U bir yo’la 15-18 yigirgich ishlaydigan mexanik urchuq ixtiro qildi. Bu ixtironi qizining nomi bilan «Jenni» deb atadi. Ixtiro arzon va ishlatish juda oson bo’lganligi uchun tezda shuhrat qozondi. 1767-yilda charxpalak bilan harakatga keltiriladigan yigiruv mashinasi yaratildi. Yigiruvdagi yutuqlar mexanik to’quv dastgohi yaratilishiga turtki bo’ldi. Edmund Kartrayt tez orada bunday dastgohni yaratishga muvaffaq bo’ldi. Bu dastgoh mehnat unumdorligini 40 marta oshishiga imkon berdi. Shu tariqa mashinali ishlab chiqarishning butun bir tizimi fabrikalar paydo bo’ldi. 1775-yilda Jeyms Uatt tomonidan bug’ mashinasining yaratilishi fabrika ishlab chiqarishining yanada rivojlanishiga olib keldi. A. Darbi pechga tashlangan toshko’rnir uyumini toki u mayda, yaltiroq, qattiq zarrachaga aylanmagunicha sekinlik bilan qizdirgan. Natijada mayda uyumlar sekin yonib, bir-biriga yopishib koksga aylangan. So’ng Darbi pechga yuboriladigan havo hajmini oshirgan va pechda katta harorat issiqlik hosil bo’lgan. Unda cho’yan bemalol suyultirilgan hamda turli shakldagi buyumlar quyilgan. Uning o’g’li Abraxam Darbi 2 shaxtalardan suvni chiqarishda ishlatiladigan bug’ mashinasini yaratdi. Uning yordamida domna pechining parraklarini harakatga keltinivchi suv charxi zabod hovuziga suv chiqardi. Bu ixtiro hatto ariqlar qurib qolganda ham pechga doimiy havo berilishini ta’minladi. Darbilar oilasi vakillari 1779-yilda dunyoda birinchi cho’yan ko’prik ixtiro qildilar. Ko’prikning qismlari bir-biriga birinchi marta boltlar bilan ulandi. Bunday kо’priklar daryolar ustiga qurila boshlandi. 1774-yilda Jon Uilkinson cho’yan bo’lagi maikazidan о’q chiqadigan teshik ochishga imkon bemvchi tokarlik dastgohi ixtiro qildi. Bu zamonaviy to’p yasash imkonini berdi. 1788-yilda dastlabki cho’yan quvurlar yasashga muvaffaq bo’lindi. Download 185.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling