Qishloq xo’jaligidagi o’zgarishlar.
Buyuk Britaniya qishloq xo’jaligida ham tub о’zgarishlar yuz berdi. Xususan, barcha yerlar yirik mulkdorlar qo’lida to’plandi. Qishloq xo’jaligida faqat yollanma mehnat qo’llaniladigan bo’ldi. Feodallar va dehqonlar sinf sifatida butunlay barham topdi. Bu haqiqiy agrar inqilob edi. Yer egalari (lendlordlar) yerlarini yirik tadbirkor (fermer)larga ijaraga berardi. Butun xo’jalikni ular yuritishardi. Yerga ishlov berish uchun yollanma ishchilar yollashardi.
Sanoat.
Sanoat mamlakat xo’jaligining mashina texnikasi asosida xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va yer osti boyliklarini qazib olish bilan shug’ullanuvchi tarmog’i, shu tarmoqning asosini tashkil etuvchi korxonalar (zavod, fabrikalar, elektrostansiyalar, shaxtalar, konlar) yig’indisidir. Sanoat industriya deb ham ataladi.
Sanoat og’ir va yengil sanoatga bo’linadi. Og’ir sanoat deyilganda, sanoatning ishlab chiqarish qurollari va vositalarini ishlab chiqaradigan tarmog’i tushuniladi. Bunga sanoatning mashinasozlik, metallurgiya, energetika, kimyo, neft tarmoqlarini misol keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |