Tashqi siyosat.
Bu davrda Buyuk Britaniya tashqi siyosatini ikki bosh yo’nalish belgilab bergan. Ularning birinchisi Yevropa qit’asida hech qaysi davlatning kuchayib ketishiga yo’1 qo’ymaslik bo’lsa, ikkinchisi yangi-yangi mustamlakalar egallash edi.
18-asrda Buyuk Britaniyaning asosiy raqibi Fransiya bo’ldi. Ikki davlat о’rtasida ispan taxti tufayli kelib chiqqan urush (1701-1714) Buyuk Britaniya uchun foydali sulh tuzilishi bilan yakunlandi. Unga kо’ra, Gibraltar Buyuk Britaniyaga о’tdi. Butun 18-asr Buyuk Britaniya va Fransiyaning qizg’in kurashi ostida kechdi. Bu kurash hatto «ikkinchi yuz yillik urush» deb ham ataldi. 1763-yilda Fransiya Kanadadan ham siqib chiqarildi. Hindistonni egallash borasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi. 18-asrning 60-yillari davomida Shimoliy Amerikada 13 ta shtat, Kanada, Karib dengizi orollari, Hindistonning bir qismi Buyuk Britaniyaning mustamlakasiga aylandi.
Shu tariqa Britaniya mustamlakachilik imperiyasiga asos solindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |