AQSH Konstitutsiyasining qabul qilinishi.
1787-yili Filadelfiya shahrida mamlakat shtatlari vakillarining Ta’sis Konventi chaqirildi. Uning ishida barcha shtatlardan saylangan 55 nafar vakil qatnashdi. Ular AQSH Konstitutsiyasini tayyorlash ishini nihoyasiga yetkazishlari lozim edi. Shunday bo’ldi ham. Uzoq davom etgan fikr-mulohaza va tortishuvlardan so’ng AQSHning qonun chiqaruvchi hokimiyat organi Kongressning, federal hukumatning, Oliy Sudning vakolatlari hamda shtatlar bilan markaziy hokimiyat о’rtasidagi munosabatlar xususida yagona kelishuvga erishildi. Va nihoyat, 1787-yilda AQSH Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Davlat tuzumi. Konstitutsiya AQSHda respublika tuzumini o’rnatdi. Ijro etuvchi hokimiyatni 4 yil muddatga saylanadigan Prezident boshqaradigan bo’ldi. Prezident keng vakolatlar (armiya va flotning Oliy bosh qo’mondoni, xalqaro shartnomalar tuzish, barcha vazirlami lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod qilish va hokazo)ga ega bo’ldi. 1789-yilda Jorj Vashington AQSHning birinchi Prezidenti etib saylandi. Oliy Qonun chiqamvchi holdmiyalriing ikki palatali Kongrcss tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Yuqori palata «Senat», quyi palata esa «Vakillar palatasi» deb ataldi. Senatga har bir shtatdan ikki kishi, Vakillar palatasiga esa deputatlar shtatlar aholisining soniga mos ravishda saylanardi. Oliy Sudga katta vakolatlarberildi. Chunonchi, Oliy Sudga AQSH qonunlarining va Prezident farmonlarining Konstitutsiyaga mos kelishini nazorat qilib borish huquqi ham berilganligi buning tasdig’i bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |