Mustaqillik uchun urushning boshlanishi.
1774-yilda 13 shtat vakillari Filadelfiya shahrida I Kontinental Kongressga yig’ilishdi. Kongress metropoliyaning majbur etuvchi qonunlariga itoat etish majburiy emasligi haqida qaror qabul qildi. Qirol hukumati mustamlaka 13-rasr. Joij Vashington. shtatlar hukumatlari bilan kelishuv yo’lini izlash o’rniga mustamlakalarni taslim etish siyosatini yuritdi va 1775-yilning aprelida qirol qo’shinlari ularga qarshi urush harakatlarini boshladi. Shunday sharoitda Filadelfiya shahrida 2-tinental Kongress chaqirildi. Kongress qatnashchilari urush boshlashga ovoz berdilar va virginiyalikpolkovnik Jorj Vashingtonni (1732-1799) Amerika Qurolli Kuchlarining Bosh qo’mondoni etib tayinladilar. Shu tariqa mustaqillik uchun urush boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |