c)Rivojlantiruvchi- o’quvchilarning o’tgan darslar Fransiya tarixi haqida olgan bilimlarini yanada oshirish;
Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari
Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)
Inqilobning sabablari.
18-asr oxirlarida ham Fransiyada hamon о’rta asr feodal tartiblari hukm surardi. U qishloq xo’j aligi mamlakati edi. Dehqonlar yashayotgan va mehnat qilayotgan yerlar feodallarning mulki sanalgan. Ular ijaraga yer olib kun kechirar edilar. Soliqlarning soni tobora kо’payib borardi. Buning ustiga, cherkovga ham soliq to’lash davom etardi. Oqibatda qishloqlar tobora kambag’allashib, dehqonlarning esa tilanchi va daydilarga aylanishi kuchaygan. Bu hoi teztez «non isyonlari»ni keltirib chiqargan. О’rta asr feodal tartiblari sanoat va savdoning rivojiga ham to’ siq bo’lgan. Mamlakatda manufaktura ishlab chiqarishi Buyuk Britaniyaga tenglasha olmagan.
Bundan tashqari, Fransiya 18-asr oxirlarida tashqi siyosatda ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bu esa uning xalqaro obro’sini pasaytirib yubordi. Bu hodisa mamlakat sarmoyasining katta qismi ulkan qo’shin va flotni saqlab turishga sarflanayotgan bir davrda yuz berdi. Urush va soliqlardan qiynalib ketgan xalqning ahvoli tobora og’irlashib bordi. Yuqorida qayd etilgan omillar Fransiyada inqilob ro’y berishini muqarrar qilib qo’ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |