Angliya burjua inqilobining tarixiy ahamiyati.
Inqilob mutlaq monarxiyani yo’q qildi. Angliyada bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyat kapitalizrning to’la qaror topishi uchun sharoit yaratdi. Natijada sanoat ishlab chiqarishining gurkirab rivojlanishiga to’siq bo’lib turgan hunarmandlarning sex birlashmalari yo’q qilindi. Sanoat inqilobi uchun qulay sharoit yuzaga keldi. Aholi tarkibida yangi qatlam sanoat burjuaziyasi va yollanma ishchilar sinfining shakllanishiga yo’1 ochdi. Inqilob qishloq xo’jaligida ham bozor munosabatlarining tez rivojlanishini ta’minladi.
Inqilob natijasida parlamentning yetakchi o’rin egallashi lozimligi, qonun oldida barcha fuqarolarning tengligi g’oyasi Yevropaning boshqa mamlakatlari aholisining ilg’or qismini ham to’lqinlantira boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |