Buxoro Davlat Universiteti Tarix va madaniy meros fakulteti 5-2tar16guruh talabasi Jalilov Iskandarning 12-maktab 8”g sinf o‘quvchilari bilan “ Buyuk Fransuz burjua inqilobining yakunlanishi va tarixiy ahamiyati “ mavzusida 22


Download 18.38 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi18.38 Kb.
#1404808
Bog'liq
ISKANDAR



Buxoro Davlat Universiteti Tarix va madaniy meros fakulteti 5-2tar16guruh talabasi Jalilov Iskandarning 12-maktab 8”g" sinf o‘quvchilari bilan “ Buyuk Fransuz burjua inqilobining yakunlanishi va tarixiy ahamiyati “ mavzusida 22.10 2019 da o‘tkaziladigan ochiq dars konspekti.

Sana:22.10.2019


Sinf:8”g"
Fan:jahon tarixi
Mavzu:”Buyuk Fransuz burjua inqilobining yakunlanishi va tarixiy ahamiyati “
Darsning maqsadi:
1.Ta’limiy maqsad:o’quvchilarga buyuk fransuz burjua inqilobining yakunlanishi va tarixiy ahamiyati haqida ma’lumot berish.
2.Tarbiyaviy maqsad:o’quvchilarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad:o’quvchilarni mustaqil ravishda fikrlashga o‘rgatish.
Dars turi:yangi bilim va ko‘nikmalarini hosil qilish.
Darsda foydalaniladigan metodlar :an’anaviy , zamonaviy , interfaol
Dars jihozlari:doska, xarita, proyektor,darslik, ko‘rgazmalar
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
-salomlashish
-davomat
II. O'tilgan mavzuni takrorlash. Mavzu nomi sòraladi.uyga vazifa tekshiriladi. Kim chaqqon o‘yini qilinadi. Daraxtda (surat)savollar ilinadi.o’quvchilar javob beradi.
Savollar.
1.Lyudovik XVI qachon general shtatlarni chaqiradi?
2.Yakobinchilarga misol keltiring
3.Marat, Danton qaysi guruh vakili
4.Jirondachilar kimlar?
5.1-konstitutsiya qachon qabul qilingan?
6.3-tabaqa vakillari kimlar?
7. Bastiliya qal'asi qachon egallandi?
8.Inqilobning sababi nima edi?
9.3-tabaqa o‘zini nima deb e’lon qiladi?
10.Robspyer kim
III.Yangi mavzu bayoni:
1795-yilgi xalq qo’zg’oloni. Termidorchilar (fransuz kalendaridagi termidor oyining 9-kuni hokimiyatga kelganlar shunday ataldi) mulk va erkin tadbirkorlikni himoya qiladigan respublika tarafdori edi. Ular savdodagi cheklashlarni bekor qildi. Savdo erkinligi boshlandi, narxlar bir necha bor ko’tarilib ketdi, pul keskin qadrsizlandi. Inqilobiy o‘zgarishlar davri tugadi. Konvent deputatlarini endi xalqning ahvoli qiziqtirmas edi. Parijliklar Konvent ishiga ta’sir ko‘rsatishga urinib ko‘rdi. Parij atrofida norozilik kuchayib bordi. Aholi orasida «Xalq, uyg‘on! Payt keldi!», degan shiorlar tarqaldi.Shu tariqa 1795-yiI aprelda qo‘zg‘olon boshlandi. Minglab qurolsiz kishilar Konvent tomon kelishdi. Kechga borib, Milliy gvardiya Konventni o‘rab olib, xalqni quvib yubordi. Parij qamal holatida deb e’lon qilindi.
1795-yilgi Konstitutsiya va Direktoriya. 1795-yilning avgustida konvent yangi konstitutsiyani qabul qildi. Fransiyada Respublika tuzumini mustahkamladi, lekin umumiy saylov huquqini bekor qildi. Endi qonunchilik hokimiyati ikki palatadan - Besh yuzlar kengashi va Oqsoqollar kengashidan iborat bo‘lgan qonunchilik palatasiga berildi. Ijro hokimiyati Oqsoqollar kengashi tayinlaydigan besh kishidan iborat direktoriyaga topshirildi. Shu bilan birga, 1795-yilgi Konstitutsiya inqilobning barcha antifeodal yutuqlarining qonuniyligini tasdiqladi. Direktoriyaning urushlari. General Bonapart. Hokimiyatga kelgan yirik burjuaziya o'zga yurtlarni bosib olishdan manfaatdor edi va Direktoriya davridagi Fransiyaning urushlari bosqinchilik xarakteriga ega bòldi.Reynning so’l qirg‘og‘i va Belgiya Fransiyaga qo'shib olindi, Gollandiya esa qaram respublikaga aylantirildi. Bosib olingan yerlarda Napoleon Bonapart fransuzlar feodal tartiblarni bekor qildi. Ammo bosib olingan yerlar talandi, harbiy o‘lja sifatida oziq-ovqat va san'at asarlari yuklangan karvonlar Parijga kelib turardi.Bu urushlarga boshchilik qilgan Napoleon Bonapartning mamlakatda obro‘si juda baland edi. Ayniqsa, Italiyaga qarshi qilingan yurish va uning bo‘уsundirilishi Napoleonni juda mashhur qilib yubordi. Bosib olingan yerlarda Napoleon feodal qaramlikni yo‘q qildi, cherkov va ibodatxonalarni ba'zi bir yig‘imlardan mahrum etdi, ma’lum darajada inson huquqlarini mustahkamlaydigan yangi qonunlarni joriy qildi.Napoleonning g‘alabalari jamiyatda armiyaning obro‘sini oshirdi. Napoleon aynan Italiyada o’zini shunchaki general emas, xalqning taqdiriga ta’sir o‘tkazishga qodir bo'lgan buyuk shaxs sifatida his qildi. Keyin, 1798-yili Misrga qilingan yurish Napoleonni siyosiy hokimiyatni egallashga chorladi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash. Proyektordan foydalanib video rolik qo‘yiladi.
Krasvord metodidan foydalaniladi.
Savollar:
1.Napaleon Bonapart bosib olingan yerlarda qanday tartiblarni bekor qildi?
2.Fransiyada inqilob yillarida qabul qilingan yangi taqvimdagi oyning nomi
3.Qaysi hudud qaram respublikaga aylantirildi?
4.Fransiyada inqilob yillarida joriy qilingan ijroiya hokimiyatining 3ta rahbarlaridan biri?
5.1798-yili Napaleon qaysi hududga yurish qiladi?
6.Reynning so’l qirģoģi va qaysi davlat Fransiyaga qo‘shib olindi?
7.Qaysi hududga qilgan yurushi Napaleonni juda mashhur qildi.
8.Harbiy o‘lja sifatida oziq-ovqat va san'at asarlari yuklangan karvon qayerga kelib turardi? V.Baholash.
Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
VI.Vazifa . Konspekt yozish. Savollarga javob topish.
Download 18.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling