Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Download 185.41 Kb.
bet53/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

Inqilobning boshlanishi.

Shunday sharoitda qirol muxolifatning talabi bilan parlamentni chaqirishga majbur bo’ldi. 1640-yilning 3-noyabrida parlament ish boshladi. Bu sana Angliya burjua inqilobining boshlanishi kuni bo’ldi. Jamoalar palatasining katta qismini eski tuzumga qarshi tabaqa vakillari tashkil etdi. Parlament birinchi navbatda favqulodda sudlami tarqatib yubordi. Cherkov sudini ruhoniy bo’lmagan shaxslarni sud qilish huquqidan mahrum etdi. Qirol huzuridagi «Maxfiy kengash»ning Oliy sudni amalga oshirish vakolati bekor qilindi. Siyosiy mahbuslar ozodlikka chiqarildi. Matbuot mustaqilligi e’lon qilindi. Qonunsiz to’lovlar va jarimalar bekor qilindi. Qirol parlamentning jamoalar palatasini shu palataning roziligisiz tarqatmaslik to’g’risidagi qonunni imzolashga majbur etildi. Karl I ning о’zi istamagan holda bularga rozilik berishdan boshqa iloji qolmadi, biroq u qulay fursat poylardi. 1641 yilda parlamentning «Buyuk remonstratsiya» deb nomlangan hujjatni qabul qilishi qirol va parlament munosabatlarini yanada keskinlashtirib yubordi. Bu hujjatda, jumladan, bunday deb yozilgan edi: «Barcha kulfatlarning ildizi asosiy qonunlarni yo’qqa chiqarish maqsadida qilinayotgan yovuz niyatli badkirdor urinishlar va ingliz qirolligining dinni hamda adolatni ko’rnib tashlagan boshqaruvi asoslaridir». Bu hujjat qirol oldiga juda muhim talablarni qo’ydi. Lekin Karl I bu talablarni bajarmadi.

Shu tariqa 1642-yilning boshlariga kelib Karl I bilan parlament о’rtasida uzil-kesil ajralish ro’y berdi. Endi qirol isyonkor parlamentni jazolashga va muxolifat rahbarlarini hibsga olishga qaror qildi. Shunday sharoitda, Londonning yuz ming aholisi parlamentni himoya qilib ko’chaga chiqdi. Yangi dvoryanlarning 5 ming kishilik qurollangan guruhi Londonga yuborildi. Bu omillar qirolni chekinishga va Londondan qochib ketishga majbur etdi.


Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling