Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)
Germaniyada inqilobning sabablari va maqsadlari.
Germaniya inqilobining asosiy sababi о’rta asr feodal tartiblarning kapitalizm taraqqiyotiga hamon to’siq bo’lib kelayotganligi edi. Buning natijasida Germaniyada siyosiy tarqoqlik hukm surdi. Oqibatda yagona umumiy bozor vujudga kelmadi. Sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi boshqa ilg’or davlatlardan orqada qoldi. Zo’ravonlikka asoslangan davlat apparati har qanday hur fikmi qatag’on qilar edi. Bu omillar Germaniyada ham inqilobning yetilishiga olib keldi. Inqilobning asosiy maqsadi Germaniyaning siyosiy tarqoqligiga barham berish va feodal tartiblami tugatish edi. Inqilobga burjuaziyaning konstitutsiyaviy monarxiya tarafdori bo’lgan qismi
rahbarlik qildi. Mayda va о’rta burjuaziya, ishchilar, ziyolilar inqilobning harakatlantiruvchi kuchini tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |