Ikkinchi imperiya.
Mamlakatga tartib o’rnatishga qodir hokimiyat zarur edi. Shu tufayli hukmron tabaqalar qirol hokimiyati o’rniga katta vakolatlarga ega prezidentlik lavozimini joriy etishga qaror qildilar. Unga hukumat tuzish va uni iste’foga chiqarish huquqi ham beriladigan bo’ldi. "
1848-yilning dekabr oyida hukmron tabaqalar Napoleon I Bonapartning jiyani
Lui Napoleon Bonapartning Fransiya Prezidenti etib saylanishiga erishdilar. Uning asl maqsadi, Fransiya imperiyasini tiklash edi. U o’z niyatini amalga oshirishga zimdan tayyorgarlik ko’rdi. Nihoyat, 1851-yil 2-dekabrda davlat to’ntarishi o’tkazdi va о’zi uchun xavfli bo’lgan kishilarning barchasini qamoqqa tashladi. Endi unga о’zini imperator deb e’lon qilishga barcha yo’liar ochiq edi. Nihoyat, 1852-yilning 2-dekabrida u о’zini Napoleon I nomi bilan Fransiya imperatori deb e’lon qildi. Shu tariqa Fransiyada Ikkinchi imperiya о’rnatildi.
Davlat to’ntarishi davlat hokimiyatini qonunda ko’zda tutilmagan usullar bilan egallab olish.
Student (lotincha qunt bilan shug’illanuvchi) oliy o’quv yurti talabasi.
Senz (lotincha) fuqarolarning saylov huquqidan foydalanishlarini cheklaydigan shartlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |