Iyul monarxiyasi inqirozi.
Yangi qirol va konstitutsiya xalq ommasining ahvolini yengillashtira olmadi. Aksincha, davom etayotgan sanoat to’ntarishi aholining qashshoqlanishini yanada kuchaytirdi. Ishchilarning ish vaqti 12-16 soat davom etardi. Ishchini korxona egasi
istagan paytda kо’chaga haydashi mum kin edi. Ayniqsa, to’qimachilik sanoati ishchilarining ahvoli og’ir edi. Birgina Lion shahrining о’zida о’ttiz mingga yaqin to’quvchi qashshoqlikda yashardi. Korxona egalari ularning ish haqini oshirish haqidagi talabini rad etishi 1831-yilda qo’zg’olonko’tarilishiga olib keldi. Qo’zg’olonchi to’quvchi ishchilar o’z bayroqlariga «Ishlab yashaylik yoki jang qilib o’laylik» deb yozib olgandilar.
Qo’zg’olonchilar Lion shahrini egallab oldilar. Biroq poytaxt Parijdan Lionga yuborilgan 20 ming kishilik qo’shin qo’zg’olonni shafqatsizlik bilan bostirdi. Hukumat to’qimachilar qo’zg’olonidan tegishli xulosa chiqarib olmadi. Aksincha, ta’qib etish siyosati bilan ishchilami itoatda tutishga urindi.
Oqibatda, 1834-yilda Lion to’quvchilari yana qo’zg’olon kо’tardilar. Bu safar qo’zg’ olonchilar faqat ish haqini oshirish to’ g’risidagi talab bilan cheklanib qolmadilar. Ular endi respublika tuzumi о’matilishini ham talab qildilar. Shahardaishchilarning hukumat qo’shini bilan shiddatlijanglariolti kun davom etdi. Oxir-oqibatda, bu qo’zg’olon ham shafqatsizlik bilan bostirildi. Qirol siyosatidan о’rta va mayda burjuaziya ham norozi edi. Ular ham respublika tuzumi о’matilishini, saylov huquqini kengaytirishni talab qila boshladilar.
Bosh vazir Gizo bu talabga «Mehnat va tejamkorlik orqali boying, ana shundagina sizlar saylovchi bo’lasizlar», degan haqoratomuz javob qildi. Shu tariqa, Iyul monarxiyasi xalq ommasi ko’z o’ngida o’z obro’sini yo’qota bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |