Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


B) O’quvchilar bilan salomlashish. C)


Download 185.41 Kb.
bet133/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;

Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)

Iyul monarxiyasi.

1815-yilda hokimiyati yana qayta tiklangan Burbonlar sulolasining vakili Lyudovik 18 Napoleon tarafdorlaridan o’ch ola boshladi. Ko’plab harbiylar otib tashlandi. Butun hokimiyat eski о’rta asr feodal tuzumi tarafdorlari qo’lida to’plandi. Aholining atigi bir foiziga yaqini saylov huquqiga ega bo’ldi. Burjuaziya, hunarmandlar, ishchi va dehqonlarga saylov huquqi berilmadi.

1824-yilda Lyudovik 18 vafot etdi. Taxtni ukasi Karl X egalladi. U о’z hokimiyatini yanada mustahkamlashgaurinib, 1830-yilda mamlakat parlamentini tarqatib yubordi. Ayni paytda, parlamentda о’tkaziladigan yangi saylovda saylov huquqi yanada kо’proq cheklanishini ma’lum qildi. Bu esa Parij shahrida inqilob boshlanishiga olib keldi. Uning harakatlantiruvchi kuchlari burjaziya, ishchilar, hunarmandlar va studentlar bo’ldi. Inqilobning maqsadi Fransiyada respublika tuzumini o’rnatish edi.

Fransiya qiroli Karl X inqilobdan qo’rqqanidan chet elga qochib ketdi. Hokimiyat yirik burjuaziya bank, yirik sanoat korxonalari, birjalar, yollanma mehnatdan foydalanuvchi katta yer egalari qo’liga o’tdi. Ular hukumat tuzdilar. Ayni paytda monarxiyani saqlab qolishga urindilar. Buning asosida monarxiya va respublika tarafdorlarining birbiriga o’zaro yon berib, o’zaro murosada yashashlariga erishish maqsadi yotardi. Shu maqsadda taxtga Burbonlarga qarindosh bo’lgan Lui Filipp Orleanskiy o’tqazildi. Shu yo’l bilan monarxiya saqlab qolindi. Bu hodisa iyul oyida ro’y berganligi tufayli tarixga «Iyul monarxiyasi» nomi bilan kirdi. Lui Filipp yirik o’rmon xo’jaligi egasi va moliyachi edi. Uning davrida mamlakat yangi Konstitusiyasi qabul qilindi. Yangi Konstitutsiyada so’z, matbuot, yig’inlar o’tkazish erkinliklari e’lon qilindi.




Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling