Urushning davom etishi.«Varfolomey kechasi» mamlakatdagi diniy urushga chek qo’ymadi.Urushning davom etishi muqarrar edi. Chunki gugenotlar taqdirga tan bermadilar. Gugenotlar Fransiyani bo’lib tashlashga qaror qildilar va mamlakat janubida o’z davlatlarini tuzdilar. Bu davlatni qirol xonadonining qarindoshi, gugenotlar yetakchisi Genrix Burbon (u Genrix Navarrskiy deb ham atalardi) boshqardi.Gugenotlar yaxshi qurollangan qo’shin tuzishdi.Genrix Giz esa qattiq harbiy intizom o’rnatilgan katolik liga tuzdi.Katoliklar fitna tayyorlay boshladilar. Unga kо’ra, yangi qirol Genrix III olib qochilar va majburan monax qilinardi. Taxtni esa Genrix Giz egallashi lozim edi.Biroq qirol Genrix III fanat Genrix Gizni о’ldirtirishga muvaffaq bo’ldi.Katolik cherkovi Genrix III ning bu ishini kechira olmas edi.O’ldirilganlar «azob chekkan avliyolar» deb e’lon qilindi.Cherkov dindorlarga qirol sog’lig’i uchun duo o’qishni taqiqladi.Ayni paytda barcha fuqarolarning Genrix III ga sodiqlik qasamyodidan ozod qilinganliklarini e’lon qildi.1589-yilda Genrix III katoliklar tomonidan o’ldirilgach, qirol xonadonining qarindoshlari gugenotlar rahbari Genrix Burbon (Genrix Navarrskiy) Genrix IV nomi bilan taxtni egalladi.U katoliklikni qabul qilmasdan Parijga borib taxtga o’tira olmasligini yaxshi bilardi.Shuning uchun ham u protestanlikdan chiqib katoliklikni qabul qildi. Genrix IV o’zining kuchi, qobiliyati va ta’siridan har ikki cherkov qavmlarini murosaga erishtirish yo’lida foydalandi. U katolik amaldorlarni ehsonga ko’rnib tashladi. Diniy urushlarni to’xtatish va mamlakat yaxlitligiga erishish uchun 1598-yilda Nant ediktini imzoladi. Ediktda katoliklik davlat dini deb e’lon qilingan bo’lsa-da, gugenotlar quvg’in qilinmaydigan bo’ldi.Mamlakatda diniy murosasozlikka erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |