Notinch, alg’ov-dalg’ovli yillar.
1584-yilda Ivan IV Grozniy vafot etdi.Taxtga uning o’g’li Fyodor Ivanovich o’tqazildi.U kasalmand bo’lganligi uchun amalda hokimiyatni qaynisi, boyar Boris Godunov boshqardi.Fyodor 1598-yilda vafot etdi.Lekin Ivan IV o’g’illaridan taxt vorisi qolmadi.Shu tariqa Rossiyani 700 yil boshqargan Ryurikovlar sulolasi hukmronligi barham topdi.Shunday sharoitda Zemstvo sobori Boris Godunovni podsho etib sayladi.
Boris Godunov 1605-yilda vafot etgach, Rossiya tarixida notinch, alg’ov-dalg’ovli yillar boshlandi.Qisqa vaqt ichida bir nechta podsho almashdi. Ayni paytda Rossiyada boyarlar ta’siri yana kuchaydi. Bundan tashqari, chet davlatlar Polsha va Shvetsiya Rossiya ichki ishlariga zo’r berib aralasha boshladilar. Polsha hatto 1609-yilda Moskvani bosib oldi.Hokimiyat Boyarlar guruhi qo’liga o’tdi.Ular Rossiya taxtiga Polsha qirolining o’g’lini o’tqazishga urindilar.Shu orqali o’z imtiyozlarini saqlab qolmoqchi bo’ldilar. Ana shunday og’ir sharoitda Rossiyaning asl vatanparvar kuchlarining yetakchilari posad oqsoqoli Kuzma Minin va sarkarda Dmitriy Pojarskiylar xalq lashkari to’plashga kirishdilar.
1612-yilda Moskva uchun bo’lgan janglarda Polsha qo’shini mag’lubiyatga uchratildi.Shu tariqa Moskva chet el bosqinchilaridan tamomila ozod qilindi. Rossiya ichki va tashqi ahvoli qiyinligiga qaramay o’z mustaqilligini saqlab qola oldi. Endi Rossiyaning yangi podshosini saylash masalasini hal etish kerak edi.1613-yilda Moskvada chaqirilgan Zemstvo sobori Ivan IV Grozniy xotinining qairindoshi Mixail Fyodorovich Romanovni Rossiya podshosi etib sayladi.Shu tariqa Rossiyada yangi sulola Romanovlar sulolasi hukmronligi davri boshlandi.Bu sulola vakillari 1917-yilgacha hokimiyatni qo’llarida saqlab turdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |