Oprichnina.
1565-yilda Ivan IV davlat yerlaridan katta qismini ajratib oldi.Bu yerlar oprichnina deb ataldi.Boyarlarning yerlari ham oprichninaga qo’shib yuborila boshlandi.Oprichnina podsho yerlari deb ham atalib, ularga dvoryanlar joylashtirildi.Oprichnina yerlari ularga bo’lib berildi.Endi ular dvoryan oprichniklar deb atala boshlandi. Ivan IV bundan buyon boyarlarni Boyarlar dumasisiz o’zi sud qilishini va o’zi jazo belgilashini e’lon qildi. Davlat yerlarining oprichninaga tortilmagan qismiga katta miqdorda soliq joriy etdi.Oprichnina o’z qo’shiniga ega edi.U podshoning o’z raqiblarini jazolash quroliga aylantirildi.
Oprichniklar otlarining egarlariga it kallasi va supurgini osib olardilar. It kallasi ularning podshoga itdek sadoqatli ekanliklarini, supurgi esa har qanday sotqinlikni davlatdan supurib tashlashga ahd qilganliklarini anglatishini kо’z-ko’z qilishi kerak edi. Shu tariqa mamlakatda shafqatsiz terror, qatl va surgun davri boshlandi. Shuning uchun Ivan IV «Grozniy» («Dahshatli», «Qo’nqinchli») laqabi bilan ataldi.
Oprichnina podsho hokimiyati dushmanlarini zo’rlik va terror vositalari bilan bostirishga urinish siyosati edi.
Oprichnina boyarlarga va feodal tarqoqlik qoldiqlariga kuchli zarba berdi. Ayni paytda oprichnina mamlakat xo’jaligiga katta talofat yetkazdi.О’n minglab dehqonlar va hunarmandlami xarob qildi.
Tashqi siyosat.Rossiya bosqinchilik urushlari olib borish hisobiga sharqqa va janubga tomon kengayib bordi. Chunonchi, 16-asrning ikkinchi yarmida Qozon, Astraxan (Ashtarxon) va Sibir xonliklari bosib olindi. Shu tariqa 1533-yilda 2,8 mln km/kvni tashkil etgan Rossiya hududi 16-asr oxiriga kelib 5,4mln km/kvga yetdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |