Adabiyot.
Bunday noyob qobiliyat egalaridan biri Uilyam Shekspir (1564-1616) bo’lgan. U: «Inson-tabiatning ajoyib mo’jizasi», deb hisoblardi. U. Shekspir teatrga muhabbat qo’ydi. Ham aktyor, ham dramaturg sifatida ijod qildi. U. Shekspir insonlami o’rab turgan olamni sahna, odamlarni esa aktyorlar deb tasavvur qilardi. Teatrning odamlarni taqdir zarbasidan bukilmaslikka o’rgatuvchi, sotqinlik va ikkiyuzlamachilikdan nafratlanish hissini tarbiyalovchi, tubanlikka qarshi kurashga o’rgatuvchi maktab bo’lib qolishiga astoydil ishonib yashadi. U. Shekspir asarlarining qahramonlari dono va mashhur kishilar edi. Ular sevganlar va azob chekkanlar. Xato qilganlarida esa hafsalasi pir bo’lgan. Biroq, ular о’z baxtlari uchun kurashganlar va bu kurashda, afsuski, yengilganlar. Chunonchi, «Otello» tragediyasida tuhmatga ishongan Otello o’z sevgilisi Dezdemonani bo’g’iby o’ldiradi. «Gamlet» tragediyasida esa zaharlangan xanjar Gamletni halok qiladi. «Qirol Lir» asari qahramoni qirol Lir esa о’z qizlari tomonidan daydib yurishga va gadolikka mahkum etiladi. «Romeo va Julyetta» asarida esa о’rta asr jaholati oqibatida Romeo va Julyettalar halok bo’ladilar. Lekin hech narsa U. Shekspir qahramonlarini erkinlikdek yuksak va yorug’ tuyg’ulardan voz kechishga majbur eta olmaydi. Shu tariqa mag’lubiyat va o’limga qaramasdan, Shekspirning: «Insontabiatning ajoyibmo’jizasi!» degan fikri uning asarlarida о’z tasdig’ini topadi.
Bu davr madaniyatining yana bir yirik arbobi, ispan yozuvchisi Migel de Servantesdir (1547-1616). Uning mashhur «Don Kixot» asari qahramoni, jahongashta Don Kixot adolatsizlik olamidagi so’nggi olijanob ritsar.U odamlar hayoti biroz bo’lsa-da, yaxshi bo’lishiga yordamlashish yo’lida qo’lidan kelganicha harakat qiladi. Bu ish uning hayotdagi: «Erkinlik uchun xuddi shon-sharaf uchun qilinganidek, jonni xavfga qo’yish kerak» shiorining amaldagi ifodasi edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |