c)Rivojlantiruvchi-o’quvchilar o’tgan darsda olgan bilimlarini yanada oshirish;
Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari
Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)
Angliya inqilob arafasida.
XVI asr Angliya uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Dengizdagi yakka hukmronlik uning chet ellar bilan savdo-sotiq ishlarini tobora kengaytirib bordi. London tashqi savdoda monopol huquqni qo’lga kiritdi. Natijada bu shaharda badavlat savdogarlar guruhi vujudga keldi. Ichki savdo ham rivojlandi. 1600-yilda Londonda dastlabki birja ochildi. Qishloq xo’jaligida ham bozor munosabatlarining qaror topishi tezlashdi. Bu omillarning barchasi katta mavqega ega bo’lgan о’rta tabaqaning shakllanishiga olib keldi. Ular, asosan, «isloh qilingan din»ga e’tiqod qilar edilar.
Isloh qilingan din qanday nom bilan atalganligini eslang.
О’rta tabaqa vakillari qirol hokimiyatini inkor etmagan. Aksincha, uning parlament bilan hisoblashishining tarafdori bo’lganlar. Burjuacha hayot tarzi tejamkorlik, mehnatsevarlik va izlanuvchanlik jihatlari tobora chuqur ildiz otib bordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |