Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Download 185.41 Kb.
bet52/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

Inqilobning sabablari.

Angliya qiroli mamlakat parlamenti va «isloh qilingan din» cherkoviga qarshi kurash boshladi. Buning oqibatida vujudga kelgan qarama-qarshilik inqilobning asosiy sababiga aylandi. Qirol Yakov I ning maqsadi parlament mavqeini yo’qqa chiqarish va eski feodal tartiblarni saqlab qolish edi. Qirol mahsulot sifati yomonlashadi, degan bahona bilan yangi ixtirolarni qo’llashni taqiqlab qo’ydi. Bu esa manufaktura ishlab chiqarishi rivojiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Hukmron tabaqa, davlat amaldorlari о’rtasida davlat xazinasini talon-taroj qilish kuchaydi. Qirol hatto ba’zi tovarlarni ishlab chiqarish va sotish uchun ruxsatnomani tadbirkor va savdogarlarga xohlagan narxda o’zi solar edi. Oqibatda savdogarlar xarajatlarni qoplash uchun narx-navoni oshirishga majbur bo’lardilar. Yakov I ning tashqi siyosatidan ham burjuaziyaning noroziligi kuchayib bordi. Bunga bosh raqib Ispaniya bilan murosasozlik qilinayotganligi asosiy sabab bo’ldi.



Karl I qirolligi davrida (1625-1649) ham vaziyat o’zgarmadi. U jamiyatda yuz berayotgan о’zgarishlarni tushunish va ularni qabul qilishni istamadi. Aksincha, Karl I Fransiya monarxi kabi cheklanmagan huquqqa ega bo’lishga intildi. Ayni paytda yangi kapitalistik jamiyat tarafdorlari ham qo’1 qovushtirib о’tirmadi. Parlament amalda ularning qo’lida edi. 1628-yilda parlament qirolning «Huquqlarto’g’risidagi bill» va»Huquqlar to’g’risidagi petitsiya»ni imzolashiga erishdi. Bu ikki hujjat qirolga parlament roziligisiz birorta yangi soliq joriy etmaslik va sudning ruxsatisiz qamoqqa olishlarni taqiqlash majburiyatini yukladi. Bunga javoban qirol parlamentni tarqatib yubordi. Shu tariqa mamlakatda qirolning yakka hukmronligi о’rnatildi. Burjuaziya vakillari, savdogarlar, yangi dvoryanlar, hurfikrli dindorlar ham davlat ishlaridan chetlatildi. Mamlakatda senzura kuchaydi. Mavjud siyosiy raqiblar sud ta’qibiga duchor etildi. Natijada fuqarolarninig chet ellarga chiqib ketishlari kuchaydi. Qirol о’z tarafdorlariga ichki va tashqi savdoda katta monopol huquqlar berdi. Bu siyosat narx-navoning kо’tarilishiga olib keldi. Bundan savdogarlar, yangi dvoryanlar, hunarmandlar va barcha oddiy kishilar jabr ko’rdilar. Buning ustiga shu orada Shotlandiya Angliyaga hujum qildi. Bu esa vaziyatni yanada og’iriashtirib yubordi. Yuqorida qayd etilgan barcha omillar Angliyada inqilob yuz berishini muqarrar qilib qo’ydi.


Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling