«Yashash, erkinlik va mulkka egalik huquqi».
Bu davrda falsafa fani ham rivojlandi. Bu borada Angliyada katta muvaffaqiyatlarga erishildi.
Ayniqsa, 17-asrda ijod qilgan Jon Lokk ilgari surgan g’oyalar keyingi asr faylasuflariga kuchli ta’sir kо’rsatdi. Uning asosiy xizmati insonning yashash, erkinlik va mulkka egalik qilish huquqlari haqidagi ta’limotni yaratganligi bilan belgilanadi.
Lokk, shuningdek, davlat hokimiyatini bo’lish, ya’ni ijro etuvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi hokimiyatdan ajratish haqidagi ta’limotni ham ilgari surdi. Siz O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o’rganish jarayonida bunday bo’linish nima ekanligini bilib olasiz.
Yangi ixtirolar. 16-17-asrlar yangi ixtirolar davri ham bo’ldi. Odamlar uchun energiyaning yangi manbalari juda zarar edi. Busiz ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishning iloji yo’q edi.
16-asrdan boshlab odamlar suv va shamoldan energiyaning yangi manbai sifatida foydalanishni o’rganib oldilar. Chunonchi, shu davrdan boshlab shamol-tegirmon ixtiro qilindi. Shunday tegirmon g’ildiragi beradigan energiya yordamida teriga ishlov berildi va ruda maydalandi. Bu davrda tokarlik dastgohining ixtiro qilinishi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shuningdek, ixtirolarning anchagina qismini tog’-kon sanoati sohasidagi ixtirolar tashkil etdi. Chunki shaxta konlari chuqurligi 200 metrdan 800 metrgacha yetgan edi. Bu esa shaxtalardagi suvni chiqarib tashlash ishini dolzarb muammoga aylantirib qo’ydi. Inson aqli bu muammoni о’sha davr sharoitida hal etishning yo’lini topdi ham. Chunonchi, shaxtalardagi suvni tortib oladigan pompa deb ataluvchi nasos ixtiro qilindi. Bu ixtiro shaxtadan suvni qo’1 kuchi bilan chiqarishga jalb etilayotgan 600 kishining о’rnini bosdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |