Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi.
1789-yilda Ta’sis majlisi у ana bir muhim hujjat «Inson va fuqaro huquqlari Deklaratsiyasi»ni qabul qildi. U «barcha odamlar ozod va teng huquqli bo’lib tug’iladilar» degan so’zlar bilan boshlanardi. Deklaratsiya xalqni «hokimiyatning manbai» deb e’lon qildi. Shuningdek, feodal va toifa imtiyozlarini bekor qildi. So’z, matbuot erkinligini e’lon qildi. Fuqarolarning qonun qabul qilishda ishtirok etishi erkinligini hamda xususiy mulkning daxlsiz va muqaddasligini belgilab qo’ydi. Ayni paytda qirol huquqlari cheklandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |