1799-yil 9-noyabrdagi davlat to’ntarishi.
Direktoriya Shimoliy Italiyani Avstriya qo’ shinidan ozod qilishi uchun Napoleon Bonapartga umid bog’ladi. 26 yoshli general bu vazifasini sharaf bilan uddaladi. U Avstriyani tinchlik shartnomasi tuzishga va Fransiyaning g’alabasini tan olishga majbur qildi. Shu tariqa Napoleon Italiyadan Parijga shonshuhratga ko’rnilgan holda qaytib keldi.
Endi hukmron tabaqalar Fransiyada Napoleondek qattiqqo’l siyosatchining hokimiyatini o’rnatishga fursat yetdi, degan xulosaga keldilar va davlat to’ntarishi tayyorladilar. Napoleon Bonapart bunga rozibo’ldi.
1799-yil 9-noyabrda Davlat to’ntarishi amalga oshirildi. Parlament Konsullik deb ataluvchi hukumat tuzishga majbur etildi. Uning tarkibi 3 kishidan iborat bo’ldi va ularning har biri «Fransiya Respublikasining konsuli» unvoniga ega bo’ldi. Uch konsuldan biri Napoleon Bonapart edi. Aslida butun hokimiyat uning qo’lida to’plandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |