Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Yakobinchilar diktaturasining ag’darilishi


Download 185.41 Kb.
bet82/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

Yakobinchilar diktaturasining ag’darilishi.

Konventda M. Robespyer va uning tarafdorlariga qarshi fitna tayyorlandi. 1794-yilning 27-iyulida Konvent unga qarshi ayblov e’lon qildi va M. Robespyerni qamoqqa oldi. Shuningdek, Konvent uni qonundan tashqari deb ham e’lon qildi. Bu sudsiz qatl etish degani edi. Hammasi bo’lib yuzga yaqin kishi qatl etildi. Shu tariqa yakobinchilar diktaturasi quladi. Bu inqilobning tugashi ham edi.

1795-yilda Konvent yangi Konstitutsiya qabul qildi. U mamlakatda respublika tuzumini mustahkamladi. Inqilobning feodal tartiblami tugatish haqidagi barcha qarorlarini tasdiqladi. Mamlakatda ikki palatali parlament tashkil etildi. Ijroiya hokimiyat besh kishidan iborat Direktoriyaga topshirildi. U 1795-1799-yillar mobaynida mamlakatni boshqardi. Bu davrda monarxiya tarafdorlari isyon ko’tardilar. Ularning maqsadi monarxiyani qayta tiklash edi. Biroq general Napoleon Bonapart Konventning xaloskori bo’ldi. U isyonchilar kuchini tor-mor etdi. Bu xaloskorlik unga yorqin kelajak sari yo’1 ochdi.


Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling