Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari


Download 185.41 Kb.
bet85/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar va test savollari
Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)

Iqtisodiy ahvol.

Germaniya iqtisodiy taraqqiyotda Angliya, Gollandiya va Fransiya kabi davlatlardan orqada qoldi. Hatto 16-asrning ikkinchi yarmidan boshlab iqtisodiy tushkunlik ham boshlandi. Bu, avvalo, Germaniyaning 300 dan ortiq mayda-mayda knyazlik (davlat)larga bo’linib ketganligi oqibati edi. Siyosiy tarqoqlik yagona ichki bozorning vujudga kelishiga imkon bennadi.

Bundan tashqaii, bu davrda dengiz savdo yo’llarining Atlantika okeaniga ko’chganligi oqibatida Gennaniya orqali о’tadigan dengiz savdo yo’llari о’z ahamiyatini ham yo’qotdi. Vaholanki, 16-asr о’rtalarigacha Shimoliy Italiya va uning vositachiligida butun Sharqning G’arbiy Yevropa bozorlari bilan aloqalari Gennaniya yerlaridan о’tgan.

Germaniyaning xalqaro miqyosdagi iqtisodiy rolining mis ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallab kelganligi bilan belgilanib keldi. Mis savdoda asosiy vosita hisoblanardi. Biroq Amerikadan Yevropaga oltin va kumushning katta-katta miqdorda keltirilishi Germaniya misining ahamiyatiga jiddiy putur yetkazdi. Shuningdek, nemis sanoat mahsulotlari chet davlatlar sanoat mahsulotlari bilan raqobat qila olmadi. Chunki Geraianiyada manufaktura ishlab chiqarishi faqat shahar bilan cheklanib qolgan edi. U qishloqqa yoyilmadi, ya’ni natural xo’jalik munosabatlari hukm surgan qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi sanoat mahsulotlariga nisbatan talabni qondirmadi.

1524-1526-yillarda bo’lib o’tgan Buyuk dehqonlar urushi va bu urushda dehqonlarning yengilishi о’rta asr feodal munosabatlarining yana uzoq saqlanib qolishiga olib keldi. Qo’zg’olonchilarning talablari feodal tartiblarini butunlay bekor qilishni kо’zda tutmagan edi. Dehqonlar boryo’g’i bu tartiblami yurushatishni, dehqonlarga shaxsan ozodlik berilishini nazardatutardi.

Qo’zg’olonning mag’lubiyatga uchrashi siyosiy tarqoqlikning davom etaverishiga ham sabab bo’ldi. Va nihoyat, Germaniyaning O’ttiz yillik urushda (1618-1648) mag’lubiyatga uchrashi ham uning qoloqlik botqog’iga botib qolaverishiga katta ta’ sir kо’rsatgan.

О’ttiz yillik urush Yevropaning ikki ittifoqqa bo’lingan davlatlari (1 ittifoq: Avstriya, Ispaniya va Germaniyaning katolik knyazliklari; 2-ittifoq: Germaniyaning protestant knyazliklari, Fransiya, Daniya va Shvetsiya) o’rtasida bo’lib o’tdi. Bu urush 1648-yilda Vestfaliya tinchlik shartnomasining imzolanishi bilan tugadi. Urushda ikkinchi ittifoq g’alaba qozondi. Bu g’alaba tufayli Yevropada siyosiy gegemonlik Fransiyaga о’tdi. Shvetsiya esa Yevropaning buyuk davlatlaridan biriga aylandi. Boltiq bo’yida hukmronlik о’matishi borasida katta imkoniyatni qo’lga kiritdi. Gollandiya Respublikasining davlat mustaqilligi tan olindi. Germaniya esa bu urush oqibatida iqtisodiy va siyosiy tanazzulga yuz tutdi. Siyosiy parokandalik yanada kuchaydi.


Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling