Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Download 185.41 Kb.
bet81/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

Yakobinchilar partiyasi.

Yakobinchilar ichida ichki siyosat borasida yagona birlik yo’q edi. Ular aslida turli guruhlarga bo’linib ketgan edilar. Yakobinchilarni birlashtirib turgan omil bu chet el bosqinchilariga qarshi kurash va mamlakat ichkarisidagi isyonlarni bostirish zarurati edi, xolos. Bu ikki xavf bartaraf etilgach, guruhlar о’rtasida kurash boshlanib ketdi. Eber va Shomet rahbarligidagi yakobinchilar «hech kim boy ham, hech kim о’ta kambag’al ham bo’1maydigan, hamma barcha narsaga yetarlicha ega bo’lishini ta’ minlaydigan» jamiyat tarafdori edilar.

1794-yilda M. Robespyer tarafdorlari ularni qamoqqa oldilar va o’lim jazosiga hukm etdilar. M. Robespyer tarafdorlari yakobinchilarning Danton boshchiligidagi «shafqatlilar» guruhini ham xavfli deb hisoblaganlar. Danton mamlakatda faoliyat ko’rsatayotgan gumhlarning o’zaro murosasi tarafdori edi. U barcha partiyadagi yaxshi niyatli kishilarning ittifoqini tuzish yo’li bilan o’zaro ziddiyatlarni bartaraf qilishni taklif etdi. Danton inqilobiy diktaturani to’xtatishni, konstitutsiyaviy tartibga qaytishni, terordan voz kechishni talab qila boshladi. M. Robespyer guruhi Danton talablarini rad etdi. Danton hamda uning tarafdorlari qamoqqa olindi lar va qatl etildi lar.

Mamlakatda о’matilgan terror siyosati dahshatlari hammaning tinkamadoiini quritdi. Bu esa, Robespyeming obro’sini tushirib yubordi.

M. Robespyer siyosiy kurashda qonli usul orqali raqiblarini yo’qotish bilan о’z shaxsiy halokatini ham tayyorlab bordi. Xalq qonli boshqamvga asoslangan respublikani yomon kо’rib qoldi. Endi M. Robespyeming barcha dushmanlari yagona ittifoqqa birlashdilar.


Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling