Prussiya qirolligining tashkil topishi.
Germaniya knyazliklari ichida Avstriya va Brandenburg eng kuchlilari edi. 17-18-asrlar shu ikki knyazlikning Germaniyada gegemonlik uchun kurashi ostida o’tdi. Avstriyani Gabsburglar sulolasi, Brandenburgni esa Gogensollernlar sulolasi boshqarardi. Birining poytaxti Vena shahri, ikkinchi siniki esa Berlin shahii edi. 17-asrda Brandenburg knyazligida Prussiya gersogligi yetakchi mavqega ega bo’lib oldi.
1701-yilda Branderburg knyazligi o’rnida Prussiya qirolligi tashkil topdi. Brandenburg knyazi Fridrix III Fridrix I nomi bilan Prussiya qiroli deb e’lon qilindi. Shu davrdan boshlab qulay xalqaro sharoit va boshqa nemis knyazliklarining kuchsizligidan foydalangan Prussiya qudratli davlatga aylana bordi. Prussiya qudratli qo’ shin ham tuza oldi.
18-asr oxirida Prussiya maydoni jihatidan Yevropada uchinchi, qo’shini soni jihatidan esa to’rtinchi o’rinni egalladi. Fridrix II hukmronligi davrida (1740-1786) Prussiya mutlaq monarxiyaga aylandi. Prussiya keyinchalik hatto Germaniyani yagona davlatga birlashtirishga muvaffaq bo’ldi. Bu haqda
Do'stlaringiz bilan baham: |