Mavzu: 1-§. Buyuk geografik kashfiyotlar va ularning tarixiy ahamiyati dars maqsadi


Download 185.41 Kb.
bet91/215
Sana08.01.2022
Hajmi185.41 Kb.
#251385
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   215
Bog'liq
8-sinf jahon tarixi

Sobor nizomi.

Buning yorqin isboti 1649-yilda Zemstvo sobori qabul qilgan yangi nizom edi. Nizomga kо’ra, dvoryanlar о’zlari egalik qilayotgan yer-mulklarni votchinaga aylantirish va meros qoldirish huquqiga ega bo’ldilar.

Dehqonlar dvoryanlarga uzil-kesil biriktirilib qo’yildi. UlaiTiing xo’jayindan xo’jayinga o’tishi taqiqlandi. Krepostnoylik nasldan naslga о’tadigan bo’ldi.

Shu tariqa Sobor nizomi Rossiyada krepostnoy huquqning shakllanishi jarayonini tugalladi.



Mutlaq monarxiyanmg qaror topib borishi.

Rossiyada mutlaq monaixiyaning to’la qaror topishi Aleksey Mixaylovichning o’g’li Pyotr I nomi bilan bog’liqdir. U 1689-yilda taxtga o’tirdi.

Pyotr I tashqi siyosatining asosiy maqsadlaridan biri, Rossiyani kuchli harbiydengiz flotiga ega davlatga aylantirish edi. U bu vazifani muvaffaqiyat bilan amalga oshirdi. Pyotr I Polsha va Daniya bilan Shvetsiyaga qarshi kurash uchun ittifoq tuzishga erishdi. Shundan so’ng Pyotr I Boltiq dengiziga chiqish uchun Shvetsiyaga qarshi urush boshlashga qaror qildi.

1700-yilda Rossiya Shvetsiya urushi boshlandi. Bu urush tarixga «Shimoliy urush» nomi bilan kirdi. Urushgacha Rossiya kuchli harbiydengiz floti yaratishga muval’l’aq bo’lgan edi. Urush taqdirini Poltava (hozirgi Ukraina davlati hududidagi shahar) jangihal etdi. 1709-yildabo’lib o’tganbu jangda ms qo’shini Shvetsiya qo’shinini tor-mor etdi. Bu mag’lubiyat Shvetsiya qudratiga o’nglanmas putur yetkazdi. U endi buyuk davlat maqomini yo’qotdi. Nihoyat, Shimoliy urush 1721-yilda Rossiyaning g’alabasi bilan tugadi. 1721-yili Finlyandiyaning Nishtadt shahiida Rossiya Shvetsiya tinchlik shartnomasi imzolandi.

Urush yakuni Pyotr I ga о’z orzusini amalga oshirish imkonini berdi. Rossiya Boltiq dengiziga chiqish yo’liga ega bo’ldi. Ayni paytda Rossiya Yevropaning qudratli davlatlaridan biriga aylandi. 1721-yilda Pyotr I imperator deb e’ Ion qilindi. Rossiya imperiyaga aylandi va Rossiyada mutlaq monarxiya ham to’laqarortopdi.


Download 185.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling