Mavzu: 1-4-sinflarda ikki ovozda kuylashning ahamiyati va yo’llari reja: kirish I bob. O’quvchilarda vokal-xor malakalarini rivojlantirishning ahamiyati
Download 202 Kb.
|
ikki ovozda kuylash
ХULОSА VА TАKLIFLАR
O’quvchilar mashq yoki qo’shiqlarni kuylash vaqtida o’qituvchining qo’l ishoralariga karab nafas olish va uni tejab chiqarish, bir vaqtda boshlab, bir vaqtda tugatishga o‘rgatib borish lozim. Shuningdek bakirmasdan yumshok va mayin vokal ovozida kuylashlariga e'tibor berib borish muhim sanaladi. 1. Qo’shiq kuylash holati deganda, o‘tirib yoki turib kuylash vaqtidagi holatlar tushuniladi. O’quvchilarga o‘tirib yoki turib kuylash vaqtida gavda, oyoq va qo’llarni kay xolatda tutish kerakligi haqida doimiy eslatib turish va nazorat qilib turish maqsadga muvofiqdir. Gavdani kiyshaytirmasdan to‘g‘ri tutish, o‘tirib kuylaganda stul suyanchig‘iga yastanib suyanmagan xolda gavdani to‘g‘ri tutish, yelkalarni yengil kerib, iyakni ortikcha ko‘tarmasdan bo‘yinni va boshni to‘g‘ri ushlash, qo’llarni yorkin pastga tushirish, kaftlarni tizzalar ustiga yengil ko‘yish va oyoqlarni yelka kengligida yorkin ko‘yish kabi xolatlar mazkur malakaning asosiy koidalari sanaladi. 2. Ashulachilik nafasi. Ma'lumki, kuylashdagi nafas bilan fiziologik nafas o‘rtasida farq bor. Fiziologik nafas bola tug‘ilgandan boshlab tabiiy xolda amal qila boshlaydi. Ashula aytishda esa nafas olish tez va qisqa vaqt oralig‘ida sodir bo‘ladi. Nafas olish va uni chiqarish qo’shiq jumlasining cho‘zilishiga, asar sur'atiga va xarakteriga bog’liq. Nafas ritmi kuylanayotgan qo’shiq xarakteriga karab o‘zgarib turadi va tabiiy nafasga nisbatan biroz chuqurrok olinadi. Ashulachilik nafasining quyidagi turlari mavjud: 1. Ko‘krak nafasi. 2. Diafragma nafasi. 3. Korin nafasi. Bolalar nafasi hajmini va imkoniyatlarini hisobga olgan xolda mashq va qo’shiqlarda nafas olish joylari oldindan belgilab qo’yiladi va ular kuylash vaqtida o‘rgatilib boriladi. Ovoz hosil qilish. Ovozning vujudga kelishi murakkab psixologik, fiziologik jarayondir. U ovoz apparati (kekirdak, hiqildok) va uning ichidagi konussimon ikkita ovoz pardasining nafas (o‘pka, traxeyalar, ko‘krak qismi) va eshituv apparatining birgalikdagi amaliyotida hosil bo‘ladi. Tomokda hosil bo‘lgan tovush kuchsiz va xishillab sadolanib, uning nutk apparati ayniksa burun bo‘shlig‘i orqali tebranishi kuchayadi va o‘ziga xos tembr va jarangdorlik xususiyatiga ega bo‘ladi. To‘rt organ – nafas, ovoz, nutk va eshituv apparatining o‘zaro faoliyatidagi musiqiy oxangda kuylanadigan ovoz – ashulachilik apparati deb ataladi. Sozlanish. Soz har bir bolaning berilgan musiqa tovushini aniq idrok etib, o‘z ovozini unga moslab kuylashi – sozlanish degan ma'noni anglatadi. Sozlanish – ma'lum balandlikdagi tovushni aniq intonatsiya qilish demakdir. Bu muhim malaka bo‘lib hisoblanadi, chunki boshlang‘ich sinflardagi vokal-xor ishlarining asosiy maqsadi sof unisonga yerishishdan iboratdir. Shuning uchun birinchi darsdan boshlab sof unison o’quvchilarda sozlanish malakalarini shakllantirish ustida tizimli ish olib boriladi. Ayniksa musiqiy ukuvi sust bolalarga e'tibor kuchaytiriladi. Ansambl – fransuzcha so‘z bo‘lib, “birgalikda” degan ma'noni bildiradi. U musiqa, balet va arxitektura sanatlarining qonuniyatlaridan sanaladi. Musiqada bir necha ijrochilarning birgalikdagi ijrosi ansambl deyiladi. Masalan: o‘zbek xalq cholg‘u asboblari ansambli, ashula va raks ansambli, vokal ansambli va boshqalar. Xorda esa barcha xonandalarning soz birligi, ijro tempi, ritm-usul va dinamika birgalikda ijro etiladi. Ansambl xususiy va umumiy turlarga bo‘linadi. Xorda barcha ijrochilarning bir ovozga sozlanib 2-3 ovozda kuylashi ham ansambl deyiladi. Har bir ovozning alohida-alohida sozi va ansambli xususiy ansambl deyiladi. Soz va ansamblning uyg‘unligi uzluksiz ish jarayonini talab etadi, shundagina asosiy maqsad qilib qo’yilgan sof unisonga erishish mumkin. Talaffuz. Kuylashdagi talaffuz nutk talaffuzidan farqqiladi. Artikulyasiya organlari (lab, til, jag‘)ning faol harakatidagi hamjihatligi vositasida ifodali talaffuzga erishish mumkin. O’quvchilar nutkida zaiflik, ovoz apparatini sikib gapirish natijasida xorda bakirib kuylash nuksonlari uchraydi. Bunday o’quvchilarga e'tiborni kuchaytirish va ular bilan yakka tartibda ko’proq ish olib borish lozim. Eng muhimi, o’quvchilarni mashqlar va qo’shiqlar matnini vokal uslublariga muvofiqtalaffuz etishga o‘rgatib borish lozim. Undosh d, r, n, m, l kabi jarangli tovushlarni dona-dona qilib kattikrok ovozda kuylash, k, z, s, t, sh kabi undosh tovushlarni keskinrok kuylash lozim. Unli tovushlarni esa cho‘zib, og‘iz shaklini belgilangan shaklda ochib kuylash talab etiladi (ilova №1). Vokal-xor malakalari yildan-yilga barcha sinflarida asta-sekin mustahkamlanib, sifati yaxshilanib, murakkab shakldagi qo’shiq repertuarlarini kuylashga, ko‘p ovozda kuylashga imkoniyatlari ortib boradi. Vokal-xor malakalarini hosil qilishda ovoz apparati va ovoz hosil qilish organlarini bir maromda o‘zaro alokada normal ishlashiga erishish zarur, aks xolda ovoz apparatiga ziyon etishi mumkin. O’quvchilarning musiqa savodini bilishlari musiqiy asarlarni ongli ravishda o‘zlashtirishlariga, xotiralarida yaxshi saklab kolishlariga yordam beradi. Musiqa savodi faoliyatida musiqiy tafakkur va musiqiy dunyoqarash, musiqiy xotira, musiqiy idrok shakllanadi. Bu faoliyat turida o’quvchilar musiqaning yaratilishi tarixi, musiqaning ifoda vositalari-ritm, temp, registr, o‘lchov, lad, metr, nota yo‘li va yozuvi, tovushlar uzunligi va balandligi, musiqa ijodkorlari, ijrochilari haqida to‘lik bilimga ega bo‘lishbilan birga, musiqiy tafakkurlari shakllana boradi. Bu esa o‘z navbatida o’quvchilarni musiqa olamiga olib kiradi va musiqiy dunyoqarashlarini shakllantiradi. Qo’shiq kuylash uchun tanlangan ko‘p ovozli asarlar va mashqlar o’quvchilarda garmonik eshitish qobiliyatlarini shakllantiradi. 5-7 sinflarda ikki ovozda kuylash malakalari avval kanon, aks-sado, so‘ngra tersiya bo‘lib kuylash orqali shakllantirib borilib, musiqiy asarlar yordamida mustahkamlanadi. Asosiy maqsad hamohanglik bilan birga sof ohangdoshlikni xosil qilishdir. Shu o‘rinda shuni aytish joizki, musiqaning qanday faoliyat turi bo‘lmasin, u shaxsning barcha psixologik komponentlarini shakllanishiga yordam beradi. Shuning uchun biz shuni ta'kidlashimiz kerakki, har bir musiqiy faoliyatlar barcha sanab o‘tilgan psixologik xususiyatlarni shakllanishiga qisman bo‘lsa ham o‘z ta'sirini o‘tkazmay ko‘ymaydi. O‘zbek xalqi asrlar davomida quvonch, g‘am-alam, armon kabi barcha o‘y-kechinmalari va xis tuyg‘ularini kuy va qo’shiqlar orqali ifodalab kelgan. Xalqimizning ma'naviy boyligini uning qo’shiq va kuylarida, unga bo‘lgan xurmat va munosabatlarida ko‘rish mumkin. Boshlang‘ich sinflarda kuylash malakalari quyidagi vazifalarni bajarish orqali amalga oshiriladi. 1. Oddiy elementar kuylashni o‘rgatish. Bunda o’quvchilarni toza, sof, ifodali kuylashga o‘rgatish, sof unisonga erishish, kuylash talaffuzini yaxshilash, yumshok va mayin kuylashga yerishish. 2. Oldin o‘rgatilgan mashq va qo’shiqlarni takrorlash jarayonida to‘g‘ri nafas olish, ansambl, ikki ovozda kuylash kabi malakalarni mustahkamlash. 3. Hosil qilingan ko‘nikma va malakalardan samarali foydalanish, ovoz jarangdorligiga erishish va ovoz diapazonini kengaytirish.Ovoz sozlash mashqlarini o‘rgatilayotgan asar xarakteriga xos tarzda tashkillashtirish. Badiiy ijroga erishish, berilayotgan materialni tahlil qilib berish va mazmunli qilib tinglovchiga yetkazish. 4. O’quvchilarda ko‘p ovozda kuylash jarayonida oxangdoshlikka erishish malakalarini shakllantirish. Qo’shiq kuylash jarayonida fortepiano cholg‘u asbobi bilan bir qatorda, milliy cholg‘u asboblaridan foydalanish. Milliy cholg‘u asboblari o‘z ijrosi, tovush jarangdorligi bilan o’quvchilarni milliy ruxda tarbiyalashga yordam beradi. FОYDАNILGАN АDАBIYOTLАR RO’YХАTI I. O‘zbekiston Respublikаsi qonunlаri 1.1. O‘zbekiston Respublikаsi Konstitusiyasi. – T., “O‘zbekiston” nаshriyoti, 2012. – 40 b. 1.2. O‘zbekiston Respublikаsi “Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi to‘g‘risidа”gi Qonuni. 7 oktabr 2013 yil (o‘zgаrtirish vа qo‘shimchаlаr). 1.3. O‘zbekiston Respublikаsining “Tа’lim to‘g‘risidа”gi qonuni. T.1997. II. O‘zbekiston Respublikаsi Prezidenti fаrmonlаri vа qаrorlаri, Vаzirlаr Mаhkаmаsining qаrorlаri 2.1. O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining 2017 yil 7 fevrаldаgi “O‘zbekiston Respublikаsini yanаdа rivojlаntirish bo‘yichа Hаrаkаtlаr strаtegiyasi to‘g‘risidа”gi PF-4947-son Fаrmoni. 2.2. O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining “Mаdаniyat vа sаn’аt sohаsini yanаdа rivojlаntirish vа tаkomillаshtirishgа doir chorа-tаdbirlаr to‘g‘risidа”gi Qаrori. 2017 yil 31 mаy №PQ-3022. “Xаlq so‘zi” gаzetаsi, 1 iyun 2017 yil. 2.3. O‘zbekiston Respublikаsi Prezidentining “O‘zbekistondа musiqа sаn’аtini rivojlаntirishni qo‘llаb-quvvаtlаsh vа rаg‘bаrlаntirish chorа-tаdbirlаr to‘g‘risidа”gi Fаrmoni (1995 yil 20 oktabr) // “O‘zbekiston ovozi”. –Toshkent: 1995, 21 oktabr. III. O‘zbekiston Respublikаsi Prezidenti аsаrlаri 3.1. Mirziyoyev SH.M. Qonun ustuvorligi vа inson mаnfааtlаrini tа’minlаsh – yurt tаrаqqiyoti vа xаlq fаrovonligining gаrovi. T: “O‘zbekiston”, 2017. 3.2. Mirziyoyev SH.M. Erkin vа fаrovon, demokrаtik O‘zbekiston dаvlаtini birgаlikdа bаrpo etаmiz. T:«O‘zbekiston», 2017. 3.3. Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelаjаgimizni mаrd vа olijаnob xаlqimiz bilаn birgа qurаmiz. T: “O‘zbekiston”, 2017. 3.4. Kаrimov I.А. Istiqlol vа mа’nаviyat. –T: “O‘zbekiston”, 1994. -160 b. 3.5. Kаrimov I.А. Yuksаk mа’nаviyat – yengilmаs kuch. –T: "O‘zbekiston”, 2008. ‒ 176 b. 3.6. Kаrimov I.А. Onа yurtimiz bаxtu iqboli vа buyuk kelаjаgi yo‘lidа xizmаt qilish – eng oliy sаodаtdir. –T: "O‘zbekiston”, 2015. ‒ 304 b. IV. Аsosiy аdаbiyotlаr 1. Qahharov N.V. Vokal asoslari. O’quv qo’llanma. Toshkent. Iqtisod-moliya. 2008. 314 b. 2. Umarov M. Estrada va ommaviy tomoshalar tarixi. Dasrslik. Toshkent. Yangi avlod asri. 2009. 304 b. 3. Mirzaeva N.A. Xonandalik uslubiyoti asoslari. Ma’ruzalar matni. Toshkent. 2008. 48 b. 4. Omonnulaeva D. Estrada xonandaligi. O’quv qo’llanma. Toshkent. 2007. 110 b. 5. Jalilov M.R; «Qo’shiqlar hrestomatiyasi». O’quv qo’llanma. Toshkent: TDPU, 2002 y. 6. Qahharov N.B., Ayubov K. “Vokal san’ati asoslari” . O’quv qo’llanma. Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2008 y. 7. Cathrine Sadolin. Complete vocal technique. 2012. www.Completevocalinstitute.com 8. American popular music. Larri Star & Christopher Waterman. Oxford Universite Press. Inc. 2007. Qo’shimcha adabiyotlar 1.”O’zbekiston Vatanim manim” to’plam I, II, III, IV-qismlar. Toshkent: Mehnat, 1997. 2. Sadirov J.S., , Qahhorov N.B., Abdurashidova N.A. “Qo’shiqlar hrestomatiyasi”. Toshkent: TDPU. 1996. 3.Jalilov M.R, Sadirov J.S: “Qo’shiqlar hrestomatiyasi”. Toshkent: O’qituvchi. 1995. 4.Aden G. “Xrestomatiya vokalno-pedagogicheskogo repertuara (dlya bariton i basa). M. 1966. 5.Turaev Yu., Amanullaeva D. Voprosq metodiki prepodavaniya estradnogo peniya. Uslubiy o’quv qullanma. T., 2004. Elektron – ta'lim resurslar www.ziyonet.uz www.unesco.org/culture/ich www.ichcap.org www.nmm.uz www.natlib.uz www.etmus.ru www.ruplace.ru http://www.ethnomusicology.org http://www.eduard.alekseyev.org www.folkinfo.ru www.classicmusic.uz Download 202 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling